TAJRIBADAN FOYDALANISH Reja: 1.Xodimlarni boshqarishda xorijiy tajribasidan foydalanish zarurati 2.Yevropa mamlakatlarida mehmonxona majmualarini boshqarish 3.Mehnatni motivatsiya qilishda xorijiy tajriba 4.Mehmonxona majmualarida ish samaradorligini oshirishda xorij tajribasi 1.Xodimlarni boshqarishda xorijiy tajribasidan foydalanish zarurati Turizm bozoridagi qattiq raqobat firmalarning ichki samaradorligini oshirish
usullarini izlashni taqozo etadi. Xodimlarni samarali boshqarishning ilmiy asoslanmagan
nazariyasi bo‗lmasa, bu yo‗nalishda biror harakat qilish qiyin. Xodimlarni samarali
boshqarish rahbar yoki mutaxassis tomonidan ishlarni bajarishning sifat va miqdor
darajasini oshirishga qaratilgan bo‗lib, pirovard natijada mehnat bozorida turizm
korxonasining
raqobatbardoshligini
ta‘minlaydi. Bu holatda raqobatbardoshlik
xodimlarga beriladigan va biror firmani shunga o‗xshash korxonadan ijobiy farqlaydigan
shart-sharoitlarni bildiradi.
Boshqaruv xodimlarining soni loyihalashtirilgan tarkib va ish hajmidan kelib chiqib,
tahliliy asoslanishi yoki xodimlar soni normativlar va boshqaruv normalari bo‗yicha
oshirib belgilanishi mumkin. Bunda xodimlarning ma‘lum yoshdagi guruhi eng yuqori
unumdorlikni ta‘minlashini va shu sababli firmaning mehnat salohiyati ma‘lum darajada
xodimlarning umumiy sonida shunday guruhning salmog‗i qanchaligiga bog‗liqki, bu
faktni unutmaslik kerak. Shu hisoblarga asoslanib, korxona yuksak mehnat unumini
ta‘minlaydigan xodimlar uchun qanchalik jozibali ekani haqida gapirish mumkin. Shuni
hisobga olib, xodimlarning zarur sonining aniqlanishi boshqaruv mehnati samaradorligiga
bevosita ta‘sir qiladi, aslida bu boshqaruv vazifalarini amalga oshirish bo‗yicha mehnat
resurslarini inventarlash, ratsionallashtirish va reglamentlashdan iborat. Bundan xodimlar
menejmenti borasida firma faoliyati samaradorligiga qyidagilar asosida erishiladi, deyish
mumkin.
- xodimlarni ularning professional, ma‘naviy va jismoniy yaroqligiga qarab tanlash
bilan;
- korxona shtatidagi korxona maqsadiga erishishidan manfaatdor xodimlarni saqlab
qolish bilan;
- mehnatga haq to‗lash va rag‗batlantirishning hammaga maqbul usullari va mehnat
jamoasining har bir a‘zosini ijtimoiy muhofazasiga doir ahamiyatli tadbirlar bilan;
- xodimlarni boshqarishga jalb etish bilan. Bunda: vazifalarning ayrim jihatlari emas,
balki vazifaning to‗la hajmi hamda ularni bajarish uchun mas‘uliyat har bir xodimga
etkazilishi lozim. Ma‘lum vaqt ichida ravshan bayon qilingan reja tuzilgach, ishlab
chiqilgan vazifalar xodimlar orasida ularning ish qobiliyati va salohiyatiga qarab
taqsimlanadi