122
Ma‘lumki, butun boshqaruv jarayoni (axborot harakati va boshqaruvga doir qarorlar
qabul qilish) ma‘lum tashkiliy tizim doirasida kechadi.
Shuning uchun, samarali
tashkiliy tuzilmani shakllantirishni biz ikki jihatdan – bir
tomondan umuman turizmni
boshqarishning tashkiliy tuzilishining samaradorligi belgilarini aniqlashga nisbatan va
ikkinchi
tomondan
unda
qabul
qilinadigan
boshqaruvga
oid
qarorlarning
samaradorligiga nisbatan ko‗rib chiqamiz. Shuni nazarda tutish lozimki, boshqaruvning
tashkiliy tuzilmasi bilan boshqaruv faoliyati natijalari o‗rtasida o‗zaro bog‗liqlikni izlash
qiyin. Mutloq ko‗pchilik hollarda tashkiliy tuzilma samaradorligi boshqariladigan obyekt
faoliyatining ko‗rsatkichlari orqali baholanadi. Bu yo‗nalishdagi
barcha ishlar tashkiliy
tuzilmani loyihalash yoki takomillashtirish chog‗ida uning rivojlanishining sifat
ko‗rsatkichlarini hamda unga qo‗yiladigan talablarni hisobga olishdan iborat bo‗ladi. Bu
talablarni quyidagi tarzda bayon qilish mumkin:
- ishda takrorlash va mavoziylikni tugatish;
- firma va korxonalarni yiriklashtirish va ularning
faoliyat zonasini belgilab
qo‗yish;
- boshqaruv vazifalarini darajalar va tashkiliy-xo‗jalik bo‗g‗inlari bo‗yicha
ixtisoslash va bir xil qilish;
- boshqaruv apparatini qisqartirish va arzonlashtirish;
- tashkiliy tuzilmaning tejamliligi, barqarorligi, moslashuvchanligi va ishonchliligi.
Bu talablarni hisobga olish mehmonxona xo‗jaligini boshqarishning samarali
tuzilmasini
loyihalash imkonini beradi, to‗g‗ri boshqaruv qarorlari uning natija
keltiradigan omillaridir.
Dostları ilə paylaş: