Geologiya va muhandislik geologiyasi fakulteti amaliyot hisoboti



Yüklə 237,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/17
tarix02.12.2023
ölçüsü237,05 Kb.
#171150
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Mavzu neft va gaz sanoati (1)

 
Gazoyl fraksiyasi –
qaynash temperaturasi 240 – 360
o
C, tarkibida C
11
H
24
dan 
C
20
H
42
gacha bo’lgan uglevodorodlar bo’ladi. Undan dizel yoqilg’isi, bug’ 
qozonlarida yoqilg’i va kreking uchun xomashyo sifatida ishlatiladi.


III.
 
Qoramoy (mazut) fraksiyasi – 
bu fraksiyadagi uglevodorodlar ko’p 
sonli uglerod (C
16
dan yuqori) atomlaridan iborat uglevodorodlar bo’ladi. 
 
Mazut
– qayta ishlanganda solyar moylari, dizel yoqilg’isi, surkov moylari, 
avtotraktorlar, aviasion, industrial va boshqalar uchun, vazelin (kosmetik vosita va 
dorilarga) va x. lar olinadi.
Mazut qayta ishlanganda uning tarkibidagi uglevodorodlar parchalanib 
ketmasligi uchun u suv bug’i vositasida yoki vakumda haydaladi.
Qora moyning (mazut) turli fraksiyalari haydalib bo’lingandan keyin, qolgan 
qoldiq 
gidron
deb ataladi. Gidrondan sun’iy asfalt tayyorlanadi. Neftlarning ba’zi 
navlardan 
parafin
olinadi. Parafin gugurt, shaqom, va boshqa mahsulotlar ishlab 
chiqarishda sarflanadi.
Reaktiv yoqilg'ilar. 
Hozirgi zamon aviatsiyasida havo turboreaktiv 
dvigatellar qo'llaniladi. Bunday dvigatellarda yoqilg'i sifatida qaynash harorati 
150—280° С bo’lgan kerosin fraksiyasi ishlatiladi. Tovushdan tez uchar 
samolyotlarda esa (ular juda balandda uchadi) qaynash harorati 195—315°C 
bo’lgan kerosin fraksiyalari ishlatiladi. Reaktiv yoqilg'ilar smola hosil qilish 
xossasiga ega bo'lgan to'yinmagan uglevodorodlar yoqilg'i sistemasini ifloslovchi 
(tiqilib) qolishiga sababchi bo’ladigan kristallanuvchi parafinlar saqlamasligi 
kerak. Aromatik uglevodorodlar qasmoq hosil qilishga moyil bo’lganligi hamda 
gigroskopikligi uchun kamroq bo’lishi kerak. Muzlash harorati esa — 60°C dan 
kam bo'lmasligi lozim. 
Qozon yoqilg'isi sifatida neftni qayta ishlash mahsulotlari gaz, neft, mazut va 
boshqalar ishlatiladi. Ular teplovozlarning, paroxodlarning issiqlik elektr 
stansiyalarining, sanoat pechlarining o'txonasida yoqiladi. Surkov moylari 
harakatdagi qismlarni bir-biriga tegib joylarining ishqalanishini kamaytirish 
maqsadida 
qo'llaniladi. 
Bunda 
ishqalanlshga 
kam 
energiya 
sarflanadi, 
mexanizmlarning mustahkamligi ta'minlanadi, ularning yedirilishining oldi olinadi. 
Surkov moylari qo’llanish sohasiga qarab: industrial (vereten, mashina 
moylariga) ichki yonuv dvigatellari moylari (avtollar va aviatsiya moylari), 
transmission (dvigatelning harakatini yoki aylanishini g'ildirak va tasmalar orqali 


boshqa mexanizmlarga uzatuvchi qurilmalar uchun), turbina, kompressor va 
maxsus maqsadlar uchun qo'llaniladigan moylarga bo'linadi. Surkov moylarining 
sifati ularning surkash qobiliyati, qovushoqligi, qotish va yonish harorati 
barqarorligi, zichligi kabilar bilan belgilanadi. 
Neftni haydashda undan ≈5 – 20% miqdori benzinga aylanadi. Bu miqdor 
bugungi kunda jadal rivojlanib borayotgan texnika talablarini bajara olmaydi. 
Neftdan olinadigan benzin miqdorini 
kreking
jarayoni hisobiga oshiriladi (kreking 
– ingilizcha parchalanish deganidir). Kreking jarayoni natijasida neft tarkibidagi 
yuqori molekulyar uglevodorodlar parchalanib, quyi molekulyar uglevodorodlar 
hosil bo’ladi. Kreking jarayonida neftdagi uglevodorodlar parchalanishi bilan bir 
qatorda degidratlanish, sikllanish, izomerlanish, polimerlanish kabi jarayonlar yuz 
beradi.
Neft asosan ikki xil usulda 

Yüklə 237,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin