Kakaydi (1939- yil), Uchqizil (1940), Sariton (1956), Muborak, Qoraxitoy,
Ayzovod, Qorabair va boshqa neft konlaridan neft qazib olinmoqda.
Neft qazib chiqarish yildan-yilga o'sib bormoqda. Respublikamiz
mustaqillikka erishgach ikkita juda yirik neft koni: Namangandagi Mingbuloq va
Qashqadaryodagi Ko'kdumaloq neft konlari topildi. Ularning har qaysisidan yilida
5—6 mln tonna neft qazib olish mumkin. Ushbu konlar bazasida respublikamizda
hozircha yakka-yu yagona bo'lgan Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi (1906 yil)
rekonstruksiya qilinadi va yiliga 5-6 mln tonna neftni qayta ishlash qudratiga ega
bo'ladi. Buxoroda (Qorovulbozorda) ham yangi qudratli
Fransiya texnologiyasi
asosida eng zamonaviy neftni qayta ishlash zavodi qurilib, 1997 yilda ishga
tushiriladi. Bu zavod yiliga 5 mln tonna neftni qayta ishlash qudratiga ega. Har
ikkala zavod to'la quvvat bilan ishlay boshlagach respublikamizining neft
mahsulotlariga bo'lgan talabi toia qondiriladi va chetdan
benzin va boshqa neft
mahsulotlari sotib olishga ehtiyoj qolmaydi.
Neft tarkibi.
Neft sarg'ish, qo'ng'ir, qoramtir rangli moysimon suyuqlik,
zichligi 0,73 dan 0,95 g/sm
3
gacha, 20 dan +20 °C gacha haroratda qotuvchi juda
murakkab tarkibli, turli uglevodorodlar va geteroatomli organik birikmalar
aralashmasidan tarkib topgan moddalar. U yuqori koloriyali yoqilg'i (40 000 dan
44 000 gacha к/ kg). Kimyoviy tarkibi: 83-87% C, 12-14% H, 0,3-3% S, 0,1-1,0%
O, 0,001—0,4% N va juda kam miqdorda metalloorganik
birikmalar shaklida
vanadiy, nikel temir, titan, kobalt, germaniy va boshqa elementlardan iborat
bo'ladi.
Neft tarkibida uch tipdagi suyuq va erigan holda qattiq uglevodorodlar bor:
parafinli uglevodorodlar (asosan to'g'ri zanjirli, S, dan S
30
gacha)
neftda
to'yinmagan uglevodorodlar bo'lmaydi, turli uzunlikdagi yon zanjirlari bo'lgan
siklopentan va siklogeksan hamda ularning hosilalari tipidagi monosiklik naftenlar
va di-, tri hamda polisiklik polimetilenli uglevodorodlar, (shu jumladan, yon zanjiri
bo'lganlari ham) aromatik uglevodorodlar, benzol va ularning gomologlari,
naftalin, antrasen va uning gomologlari, naftearomatik
gibrid uglevodorodlar va
ularning hosilalari. Neft tarkibida u yoki bu sinf moddalarning ko'pligiga qarab olti
tipga
bo'linadi:
metanli
(yoki
parafinli),
metanonaftenli,
naftenli,
metalonaftenoaromatik, neftanoaromatik va aromatik.
Neftning yoshi aromatikdan metanli uglevodorodlarga o'tgan sayin o'sib
boradi. Texnologik klassifikatsiyaga binoan neft 0,5 % gacha oltingugurt
saqlovchi, oltingugurtli, 0,51 % dan 2% gacha oltingugurt saqlovchi oltingugurtli,
2% dan ortiq oltingugurt saqlovchi — ko'p oltingugurtli, 1,5% gacha parafin
saqlovchi kamparafinli 1,51 dan 6% gacha
parafin saqlovchi-parafinli, 6% dan
ko'proq parafin saqlovchi ko'p parafinli neftlarga bo'linadi.
Neft :
Neft yerning cho’kindi qatlamida joylashgan moyli, o’ziga xos hidli,
och qo’ng’irdan qora rangacha, yonuvchi suyuqlik, muhim foydali qazilma.
Qaynash temperaturasi 250 – 300
o
C dagi neft fraksiyasi tarkibidagi u yoki bu sinf
uglevodorodining ko’proq miqdorda bo’lishiga bog’liq
holda neftning qudagi
asosiy turlari farqlanadi:
Dostları ilə paylaş: