Toshkent 2020 yil



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə127/452
tarix02.12.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#171372
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov


Modda 
Kimyoviy formulasi 
Hajmi % 
Azot
 
N
2
78,1
Kislorod
O
2
20,93 
Argon
Ar 
0,93 
Uglerod (II) oksidi
SO
2
0,03 – 0,04 
Vodorod
H
2
0,01 
Geliy
He 
0,005 
Neon
Ne 
0,00018 
Kripton
Kr 
0,0001 
Ksenon
Xe 
0,00001 
 
Yuqoridagi keltirilgan 
(VII.1.1-jadval)
toza havo tarkibiga kirmagan 
xar qanday begona modda 
iflosliklar
 

-deb ataladi, ya‘ni toza havoning 
sifatini yomonlashtiradi. 
 
VII.2. Atmosferani ifloslantiruvchi manbalar. 
Atmosfera havosi 2 xil 
yo‗l bilan (VII.2.1-jadval) ifloslanadi
: tabiiy
va 
antropogen.
VII.2.1-jadval 
Atmosfera havosining ifloslanishi
 
Tabiiy 
Antropogen 
Tabiiy 
sharoitda 
Tabiiy ofatlar 
Texnogen 
Maishiy 
Shamol bilan 
uchirish 
Vulqonlarning 
otilishi 
Sanoat 
korxonalari 
Shaharlarda 
Parchalanish 
Changli 
to‗zonlar 
Energetik 
Qishloq xo‗jaligi 
Elektr zaryadlari 
O‗rmon va 
dashtlardagi 
yong‘inlari 
Avtotransport 
Nafas olish, 
chiqarish, 
oksidlanish 
Qishloq 
xo‗jaligini 
kimyolashtirish 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
120 
Atmosferani insonning ta‘sirisiz ifloslanishi – tabiiy ifloslanish deyiladi.
Atmosfera inson xo‗jalik faoliyati ta‘sirida (sun‘iy) ifloslansa– 
Antropogen 
ifloslanish
deyiladi.
 
Atmosfera havosini Antropogen ifloslovchi manbalar uchta asosiy 
guruhlarga bo‗linadi
. Bular: 
1.
 
Binolarning isitilishi; 
2.
 
 Avtotransport vositalari; 
3.
 
Sanoat korxonalari
.
 
Binolarni isitish. 
Atmosfera havosining ifloslanishida, asosan, shaharlarda 
qish mavsumida binolarni isitish sezilarli darajada ulushini qo‗shadi. Isitishda 
asosan toshko‗mirdan foydalanilgani uchun uning yonishi natijasida atmosferaga 
katta miqdorda tutun, qurum, CO va SO
2
lar ajralib chiqadi.
Binolarni markazlashtirilgan holda issiqlik markazlari yordamida isitish 
so‗zsiz foyda beradi. Albatta, bunday tizimlar yoqilg‘i yonganda qurum hosil 
bo‗lishini kamaytiradi. Bunda S0
2
chiqindisi kamaymaydi, birgina hosil 
bo‗layotgan gazlar yuqori tutun quvurlari yordamida atmosferaning yuqori 
qatlamlariga chiqarib yuboriladi. Natijada yerning yuza qatlamida chiqayotgan 
gazlarning havo bilan hosil qilgan aralashmasida zararli moddalarning 
kontsentratsiyasi birmuncha kamayadi. Havo gigienasi nuqtayi nazaridan binolarni 
isitishning eng istiqbolli usuli gidroelektr stantsiyalari (GES) yoki atom elektr 
stantsiyalari (AES) dan olinadigan elektr toki yordamida isitishdir. 
Avtotransport vositalaridan chiqayotgan gazlar bilan ifloslanishi. 
Hozirgi 
vaqtda atmosfera havosining ifloslanishida avtotransportning xissasi (Dunyo 
bo‗yicha shu jumladan, O‗zbekistonda ham - 40 %)
 
oshib bormoqda. Dunyo 
bo‗yicha 600 mln.dan ortiq avtomobil har kuni havoga 100 minglab tonna zararli 
birikmalar chiqaradi. 
Avtomobil tutunida 200 dan ortiq zararli birikmalar, shu jumladan ўpka raki 
va boshqa og‘ir kasalliklarni kеltirib chiqaruvchi birikmalar (bеnz(a)pirеn, 
qo‗rg‘oshin va boshqalar) mavjud. Transport harakatini tartibga solish, mеtro, 
elеktr transportini rivojlantirish, yoqilg‘i sifatini yaxshilash, dizеl va siqilgan 
gazdan foydalanish va boshqa tadbirlar yirik shaharlar havosining ifloslanishini 
kamaytirishda muhim axamiyatga ega. Ekologik toza transport vositalarini yaratish 
shu kunning ustuvor vazifalaridan hisoblanadi. 
Avtotransport vositalari (VII
.
2.1-rasm) quyidagi omillar ta‘sirida
Atmosferani iflaslanishiga katta ta‘sir ko‗rsatmoqda: 
-
ko‗chalarini torligi; 
-
Ko‗chalarni nosozligi (har-xil kattalikdagi chuqurlarni va yoriqlarni 
mavjudligi); 
-
Chorahalarni katta-kichikligi.


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
121 
 
Shuningdek,
 
shahar atmosfera havosining ifloslanishida, benzinli yoki dizelli 
dvigatellarga asoslangan motorli transportdan ajralayotgan gazlar hal qiluvchi rol 
o‗ynamoqda. 
Havoning uglerod oksidi CO, parafin va olefin qatori uglevodorodlari yuqori 
qaynaydigan yarim tsiklik, aromatik moddalar va qurum, aldegidlar, NO, 
qo‗rg‘oshin oksidlari kabi moddalar bilan ifloslanishida ichki yonuv dvigatellari 
bevosita manba hisoblanadi. Ushbu tutun gazlari atmosfera havosi bilan aralashib, 
ayniqsa jadal quyosh radiatsiyasi ta‘sirida fotokimyoviy reaktsiyaga kirishishi va 
natijada smog (tuman) hosil bo‗lishiga olib kelishi mumkin. Turli laboratoriyalarda 
olib borilgan tadqiqot natijalari benzin dvigatellarida hosil bo‗ladigan tutun gazlari 
tarkibida aromatik moddalar mavjudligini isbotladi. Bu moddalar va ayniqsa 3,4 
benzopiren potentsial kontsragen
hisoblanadi. Serqatnov ko‗chalar tepasida hosil 
bo‗layotgan tutun gazlar va changlar plyonkali quyosh yorug‘ligining ultrabinafsha 
nurlarini yutishi hisobiga inson salomatligi uchun zararlidir. 

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin