Ozon. Ozon qatlamining yerda hayotning paydo bo‗lishidagi o‗rni. Ozon qatlamini hayoti dastavval Dunyo okeani suvlarida, kislorodsiz muhitda
paydo bo‗lgan. Kislorod o‗zining faol oksidlovchi kimyoviy hususiyatlari tufayli
qadimgi Yer atmosferasida uning azot, oltingugurt fosforli birikmalarida mavjud
bo‗lgan. Qadimgi davrda yer yuzida o‗simliklar, atmosfera tarkibida esa erkin
kislorod atomi bo‗lmagan edi. Erkin kislorod ikki atomli molekula holatida
o‗simliklarda kechadigan fotosintez jarayoni natijasida paydo bo‗lgan.
Yer atmosferasini yorib o‗tgan o‗tkir ultrabinafsha nurlar uzoq davr
mobaynida, taxminan 2 mlrd yil davomida, hayotning rivojlanishiga imkon
bermagan. Sayyoramizda uzoq o‗tmishda faqat koatservat tomchilar, ko‗k yashil
suv o‗tlari, trilobitlar kabi hayvonlar yashagan. Ular anaerob shaklda yashashga
majbur bo‗lganlar, ya‘ni energetik jarayonlarda kisloroddan foydalanmaganlar.
Fotosintez jarayonlari natijasida paydo bo‗lgan molekulyar (ikki atomli)
kislorod asta-sekin atmosferada to‗plana boshlagan. Sayyoramizda faol kislorod
yordamida nafas olayotgan jonzotlar paydo bo‗lishiga o‗tgan davrning rivojlanishi
sababchidir. Ular kislorodning kimyoviy energiyasini o‗z metabolik jarayonlarida
ishlatganlar. Bunday organizmlar
aerob deb nomlangan.
Suv muhitida rivojlangan ushbu hayotning shakli o‗sha vaqtda (hozirda ham) taraqqiy etgan shakl -deb hisoblangan . Suv sathi kosmik nurlarning bir qismini
qaytargan, lekin suv ostida yashaydigan jonivorlar (zirhli
baliq, nahang, mollyuskalar) shu nurlardan zirh va
tangacha yordamida jon saqlaganlar.
Atmosferada
yetarli
miqdorda
to‗plangan
kislorodning bir qismi Ozonga aylangan. Ozon taxminan
620 mln yil burun (proterozoy geologik davri) shunchalik
ko‗payib ketganki, natijada u quyosh nurlarini yuta olishini namoyon qilgan.
Shundan so‗ng Ozon rivojlanish omili sifatida sayyoramizda maxsus himoyaga
ega bo‗lmagan yupqa terili jonzotlar paydo bo‗lishiga sharoit yaratdi.
Tabiiy jarayonlar natijasida havoda mavjud bo‗lgan kislorodning bir qismi
Ozonga aylangach, iqlim o‗zgardi, quyosh nurlaridan himoyalanish uchun qulay
sharoitlar yaratildi, bizning yumshoq terimiz keyingi evolyutsion jarayonlar
natijasidir. Yelkamizdagi og‘ir yuksiz tez harakat qilish, hatto uchish ham mumkin
bo‗ldi. Toshbaqa va odam dunyoga kelishi o‗rtasidagi evolyutsion davrda qushlar
paydo bo‗lgan. Shu sababli hozirgacha ularning himoya qiluvchi patlari mavjud
(pat qoplamasi quyosh nurlaridan yaxshi saqlaydi, hatto patli shlyapalarga moda
ham paydo bo‗ldi)...