Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
126
ortishi mumkin. Bu muzliklarning erishi va quruqlik (30 % i)
ni suv bosishi, ob-
havo sharoitlarining kеskin o‗zgarishlariga olib kеlishi bashorat qilinmoqda. Jahon
hamjamiyati iqlim o‗zgarishining ekologik,
iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy
oqibatlarini
tushungan xolda, uning oldini olish uchun ilmiy tadqiqotlar,
turli
tadbirlarni amalga oshirmoqdalar. Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning
―Iqlim o‗zgarishi to‗g‘risida‖
gi Konvеntsiyasi 1992-yili Rio-Dе-Janеyrodagi
atrof-muhit va rivojlanish bo‗yicha Umumjahon Konfеrеntsiyasida 155
davlat
tomonidan imzolangan. Ushbu nufuzli xalqaro shartnomaning yakuniy maqsadi
atmosfеradagi issiqxona gazlari miqdorini iqlim
tizimiga xavfli antropogеn
aralashuvining oldini oladigan darajada barqarorlashtirish hisoblanadi. Bunday
darajaga ekotizimlarning iqlim o‗zgarishiga tabiiy
moslashishi uchun yеtarli
bo‗lgan, oziq-ovqatni ishlab chiqarish va mamlakatlarning barqaror asosda kеyingi
iqtisodiy rivojlanishini xavf ostiga qo‗ymaslikka imkon yaratadigan muddatlarda
erishish zarurdir.
1997-yil 10 dеkabrda imzolangan Kioto Bayonnomasiga
muvofiq alohida
davlatlar o‗z zimmalariga issiqxona gazlarini chiqarishni qisqartirish majburiyatini
olganlar va zarur tadbirlarni amalga oshirmoqdalar.
Kislotali
yomg‗irlar.
Odatda boshlangʹich manbadan uzoqda
atmosferadagi kimyoviy jarayonlar tufayli oʹzgargan oltingugurt, azot
Dostları ilə paylaş: