Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
130
Birinchi Prezidentimiz
Islom Karimovning asarlaridan, quyidagi fikrlarini
keltirib o‗tishimiz o‗rinli bo‗ladi: ―Asrlar tutash kelgan pallada butun insoniyat,
mamlakatimiz aholisi juda katta ekologik xavfga duch kelib qoldi. Buni sezmaslik,
qo‗l qovushtirib o‗tirish, o‗z-o‗zini o‗limga mahkum etish bilan barobardir‖.
Darhaqiqat, mintaqamizda ro‗y berayotgan ekologik holat mamlakatimizda
yashayotgan aholi uchun mislsiz darajada zarar keltiruvchi yashirin tahdid
sanaladi. Bunga e‘tiborsizlik bilan qarab turish o‗z boshimizga katta tashvishlar
keltirishi shubhasizdir‖
33
-deb ta‘kidlab o‗tgan edi.
Islom Karimov tomonidan, mustaqillikning dastlabki kunlardanoq ekologik
muammolar va ularni oldini olish masalalariga alohida e‘tibor qaratib kelingan.
Shu ma‘noda O‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va ―O‗zbekiston
Respublikasining xalqaro shartnomalari to‗g‘risida‖gi
Qonunga muvofiq,
Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan hamda O‗zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senati tomonidan ma‘qullangan quyidagi O‗zbekiston Respublikasi
Qonunlari Islom Karimov tomonidan
2006-yil
7-sentyabrda
imzolangan.
―Ozon qatlamini yemiruvchi moddalar
bo‗yicha
Monreal
Protokoliga
Tuzatmani (Monreal, 1997- yil 17-
sentabr) ratifikatsiya qilish to‗g‘risida‖gi
va ―Ozon qatlamini yemiruvchi moddalar
bo‗yicha Monreal Protokoliga Tuzatmani
(Pekin, 1999- yil 3-dekabr) ratifikatsiya
qilish to‗g‘risida‖gi Qonunlarni qabul
qilinishi
shular
jumlasidandir.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib Ozon qatlamida sodir bo‗layotgan geoekologik
o‗zgarishlarni o‗rganish dolzarb masala sanaladi.
Ozon moddasi 1939-yilda nemis olimi Sheynbeyn tomonidan aniqlanganligini
yuqorida ham aytib o‗tdik. Atmosferaning yuqori qismlarida Ozonning
mavjudligi
ingliz kimyogari Gartli tomonidan aniqlangan. U vaqtlarda atmosferani yuqori
qatlamlarini to‗g‘ridan-to‗g‘ri aniqlash imkoniyati mavjud bo‗lmagan. Ozon
qatlamining mavjudligini yer sathidan o‗tuvchi quyoshning ultrabinafsha
nurlarining analiz yo‗li bilan aniqlangan. 1974-yili Kaliforniya Universiteti
kimyogarlari Mario Molina va Frink Shervud Rolandlar Ozon qatlamini aniqlashni
yangi usullarini taklif etishdi. Bulardan tashqari Ozon qatlamini YuNEP va bir
qator xalqaro tashkilotlar hamda dasturlar asosida o‗rganib kelinmoqda. 1970-
yillar oxirida olimlar birinchi marta Ozon qatlami emirilayotganini qayd etishdi.
Ozon qatlamidagi o‗zgarishlar hozir ham davom etmoqda bu esa muammoni
o‗rganish va yechimini topishni qanchalik dolzarbligini bildiradi.
33
Karimov I.A. O`zbekiston XXI – asr bo`sagʹasida xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va
taraqqiyot kafolatlari. Toshkent, ―O`zbekiston‖, 1997. 16-bet
Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
131
Ozon qatlamidagi o‗zgarishlar faqat atmosferaga emas, yerdagi ―hayotʹʹ -deb
atalgan jarayonga o‗z ta‘sirini ko‗rsatadi. Bu inson
salomatligiga xavf soladiki,
turli xil kasalliklar ko‗payadi, inson umri qisqaradi, biologik buxron vujudga kelib
o‗simlik va hayvon turlari yo‗qolib boradi, okean, dengiz, daryo, ko‗l suvlari
takibi o‗zgaradi, tuproq zaharlanadi, tabiatda ekologik muvozanat buziladi.
Ozon qatlamining yemiruvchi moddalar -tarkibida xlor, ftor, brom, uglerod
va vodorod kabi kimyoviy unsurlar mavjud bo‗lib, so‗nggi yillarda ular atmosfera
tarkibida miqdorini ko‗payishi sodir bo‗lmoqda. Bu esa atmosferadagi Ozon
qatlamini o‗zgarishiga (Ozon qatlamini siyraklashishi,
Ozon tuyniklarini paydo
bo‗lishi) olib kelmoqda.
Ozon gazsimon o‗ziga xos hidli modda bo‗lib, uning molekulasi 3 ta kislorod
atomidan iborat
. Ozon, momaqaldiroq bo‗lib, chaqmoq chaqnaganda, laboratoriya
sharoitida past elektr zaryadlanishida yoki ultrabinafsha nurlarining kislorodga
ta‘siri natijasida hosil bo‗ladi.
Ozon–tez parchalanuvchi moddadir. Uning molekulasi atomlarga oson
bo‗linadi. Kislorod atomi yoki kislorodning erkin radikali, turli kimyoviy
reaktsiyalarda faol oksidlovchi moddadir. Turmushda undan,
suv va havoni
tozalashda, kirni oqartirishda foydalaniladi.
Ozon kichik miqdorda (toksiklikdan 50 barobar kam) antioksidantdir, shu
hususiyati tufayli u mikroblar, zamburug‘lar va viruslarni yo‗q qila oladi,
tibbiyot va kosmetologiyada ishlatiladi. Ozon diabet, virusli gepatit, gerpes,
xlamidioz va boshqa kasaliklarni Ozonoterapiya usulida davolashda qo‗llaniladi.
Ozon hayvonlar va odamlar sog‘lig‘i uchun xavfli bo‗lib, is gaziga nisbatan
zaharliroq hisoblanadi. U odamlarda yo‗tal paydo qiladi, bosh og‘rig‘iga
sabab
bo‗ladi, ko‗zga zarar etkazadi, nafas olishni buzadi.
Ozon molekulalari hosil bo‗lishi bilan birga ularning dissotsiatsiyasi, ya‘ni
molekulalarning yemirilishi kuzatiladi. Bu jarayon quyosh nurlari ta‘siri natijasida
bo‗lishi mumkin, lekin o‗ziga xos ―Ozon qotillari‖ ham mavjudki, ular haqida
keyinroq so‗z yuritamiz.
Eng ko‗p Ozon stratosferada to‗planib, u
Dostları ilə paylaş: