Faraz qilaylik, bir oyda 10000 so‘mlik maxsus kichik kassa tuzildi. Bu summa
ma’muriy xarajatlar va foizlarni to‘lash uchun mo‘ljallangan. Hisobda 10000 so‘m
miqdorida kichik kassaning schyoti ochildi.
Kichik kassa…….10000 so‘m
Bank……………..10000 so‘m.
Kassir naqd pul olish uchun kassaning chiqim orderidagi ro‘xsatnomani kurib chiqadi
va kerak bo‘lgan naqd pulni beradi. Kassaning chiqim orderlari kichik kassaning naqd
pullari bilan birgalikda saqlanadi. Naqd pul va to‘lov miqdori 10000 so‘mga teng bo‘lishi
kerak. To‘lovlar hisobida ko‘rsatilmaydi va ushbu to‘lovlarga jurnal yozuvlari qilinmaydi.
Birinchi oyning oxirida kassada 1000 so‘m qoladi va bu oy davomida 9000 so‘m
to‘langanligini ko‘rsatib turadi (10000-1000). Bu kassirning to‘lovlarini tasdiqlaydigan
9000 so‘mga kassaning chiqim
orderi
iga ega bo‘lishi kerakligini bildiradi. Keyingi kassa
orderlari kassa bilan birga olib boriladi: pochta sarfi –3000 so‘m; kanselyariya tovarlari –
3500 so‘m va taksi uchun to‘lov-2000 so‘m (jami 8500). Demak kassadgi kamomad 500
so‘mga teng. Ehtimol, bitta chiqim kassa orderi yo‘qotilgan yoki berilgan kassaning chiqim
orderida to‘langan summa qaytarilib ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin.
Kamomad quyidagi
to‘ldiruv yozuvi bilan aks ettiriladi:
Pochta xarajatlari………………………………..3000 so‘m
Kanselyariya tovarlari bo‘yicha xarajatlar……...3500 so‘m
Transport xarajatlari…………………………..2000 so‘m
Pul mablag‘larning kamomadi……………………500 so‘m
Kassa……………………………………………….9000 so‘m.
Kassadagi mablag‘lar tugaganda, xarajatlarni va kassadagi naqd pulning qoldig‘ini
to‘g‘ri aks ettirish uchun hisobot davrining oxirida u yangidan to‘ldiriladi. Yozuv kassir
tomonidan emas, buxgalteriya tomonidan qayd qilinadi va doimiy taqqoslashlar amalga
oshiriladi.
Pul mablag‘larining kamomadi yoki ortiqchaligi-bu xarajatlar schyoti (debet qoldiq)
yoki daromadlar schyoti (kredit qoldiq) da ko‘rsatiladi. Kamomad yoki ortiqchalik qayd
qilishdagi yoki to‘lovdagi xatolardan paydo bo‘ladi. Agar kamomad odatdagidan ko‘proq
yoki shu kassada doimiy bo‘lib tursa, demak o‘g‘irlik haqida shubha to‘g‘iladi. Ma’lum
hollarda o‘g‘irlik yoki tovlamachilik haqida shubha bor joyda, bu zarar kabi aks ettiriladi,
ammo naqd pulnig kamomadi yoki ortiqchaligi sifatida emas.
Kichik kassa to‘ldirilganda, saflangandek yopilganida kichik kassaning va bankning
schyotlariga tegilishi yozuv qayd qilinadi. Masalan: agarda ofisning pul ehtiyojlari
kuchayganligi sababali kichik kassa 15000 so‘mgacha oshsa, quyidagi yozuv amalga
oshiriladi:
Kichik kassa……………………………………………14000 so‘m
Bank……………………………………………………14000 so‘m
Chunki oyning oxirida kichik kassaning qoldig‘i 1000 so‘mni tashkil qilgan.
Kassadagi naqd pulning qoldiqlarini taqqoslash tartibi quyidagicha:
Har bir hisobot sanasida yoki joriy oyning oxirida kassadagi qoldiqlarni taqqoslash
shart. Har bir pul mablag‘larini saqlash joyi bo‘yicha
alohida schyotda yuritish,
taqqoslashning o‘tkazilishini osonlashtiradi va xatolarni topishga imkoniyat beradi.
Taqqoslash jarayoni quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
Kassadagi naqd pul qoldiqlarini sanash – kassirning ishtirokida naqd pul muomalasi
bilan shug‘ullanmaydigan shaxslar o‘tkazadilar va tekshirish natijasida tuzilgan
dalolatnoma hamma ishtirokchilar tomonidan imzolanib, sana qo‘yilishi shart;
Buxgalteriya schyotidagi qoldiqlarni haqiqatdagi naqd pul mablag‘lari bilan
taqqoslash. Barcha tafovutlar ko‘rsatilishi kerak va ushbu aniqlangan tafovutlar
dalolatnomaga qayd qilinishi lozim.
Bundan tashqari qimmatbaho qog‘ozlar 5600 - «Pul ekvivalentlari va yo‘ldagi pul
mablag‘lari» sintetik, aktiv schyotda va 3-jurnal orderida, qat’iy hisobot blankalari (mehnat
daftarchalari, yuk xatlari, yo‘l varaqlari) esa 006-«Qat’iy hisobot blankalari» nomli
balansdan tashqari schyotda umumlashtirilgan holda hisobga olib boriladi.
Korxona, muassasa va tashkilotlardagi ayrim muomalalarni
tezkorlik bilan amalga
oshirish uchun hisobdor shaxslar xizmatidan foydalanadilar. Ular sub’ektning xodimlari
bo‘lib, ma’muriy xo‘jalik muomalalarini amalga oshirish va xizmat safariga borish uchun
kassadan naqd pul oladilar. Bu shaxslarning ro‘yxati sub’ektning rahbari tomonidan
tasdiqlanadi.
Xo‘jalik sarflari uchun sarflanadigan naqd pullar sub’ektning tasdiqlangan chegara
(smeta) summasida xizmat safari sarfi esa buyruqqa asosan safar guvohnomasi ko‘rsatilib
hisoblangan summada borish – kelish yo‘l xarajatlari, kunlik sarflari, tunash xarajatlari
ko‘rsatiladi.
Bu sarflarning maqsadga muvofiqligi yuqori mansabdor
shaxslar tomonidan
tasdiqlanadi. Hisobdor shaxslar muomala sodir bo‘lgandan keyin 3 kun ichida hisobot
tuzishlari lozim. Qoldiq summalari, ya’ni sarflanmay qolgan bo‘naklar kassaga
topshiriladi, ortiqcha sarf qilingan bo‘lsa, kassadan olingan bo‘nakning farqi summasi
beriladi. Agar shaxslar o‘z vaqtida hisobot bermasalar bu summalar ularning mehnat
haqidan ushlab qolinadi.
Hisobdor shaxslar bilan hisoblashish muomalalari:
4220 – «Xizmat safari uchun berilgan bo‘nak»
4230 – «Umumxo‘jalik sarfi uchun berilgan bo‘nak»
4290 - «Berilgan boshqa bo‘naklar» nomli aktiv schyotlarda va
6970 – «Hisobdor shaxslarga bo‘lgan qarz» passiv schyotida yuritiladi.
4220 – 4290 schyotlarining debet tomonida berilgan bo‘nak
summasining davr
boshidagi qoldig‘i va oy davomida berilgan bo‘nak summalarining yig‘indisi hisobga olib
boriladi. Ushbu schyotlarning kreditida sarflangan summa va 6970 – «Hisobdor shaxslarga
bo‘lgan qarz» schyotining kreditida bo‘lsa hisobdor shaxslarga bo‘lgan qarz summasi
hisobga olib boriladi.
Ushbu summadan foydalanish va ularni o‘z vaqtida kaytirishni nazorat qilish uchun
har bir hisobdor shaxs bo‘yicha analitik hisob (kartochka) yuritiladi va olingan va
sarflangan summalar tezkorlik bilan qayd qilib boriladi.
Hisobdor shaxslar bilan hisoblashish bo‘yicha umumlashtirilgan ma’lumotlar 7-
jurnal orderida yil davomida yigma jami summa ko‘rsatilgan holda har bir hisobdor shaxs
bo‘yicha yuritiladi.
Pul mablag‘larini butligi, kassa muomalalarini bajarish bo‘yicha moddiy javobgarlik
korxona rahbari tomonidan tayinlanadigan kassirga yuklatiladi. Kassa muomalalarini
yuritish Markaziy bank boshqarmasining 1998 yil 24 yanvardagi 376 - sonli qarori bilan
tasdiqlangan «Yuridik shaxslar tomonidan kassa muomalalarini yuritish qoidalari» bilan
tartibga solinadi.
Kassada kechiktirib bo‘lmaydigan xarajatlarni qoplash uchun zarur bo‘lgan
belgilangan limit doirasida qoldiq bo‘lishi mumkin. Agar korxonaning valyuta schyotida
mablag‘lar bo‘lsa, naqd valyutadan foydalanish zaruriyati vujudga kelishi mumkin. Naqd
valyutani hisobga olish uchun alohida 5020 «Chet el valyutasidagi pul mablag‘lari» schyoti
ochilgan. Naqd xorijiy valyuta harakatining hisobi kassa daftarida yuritiladi. Bu daftarda
xorijiy valyuta muomalalarining hajmiga qarab taxmindan bir necha betlar ajratiladi.
Bankdan naqd xorijiy valyutani olinishi quyidagi provodka bilan rasmiylashtiriladi:
D-t 5020-«Chet el valyutasidagi pul mablag‘lari»
K-t 5210-«Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari»
Safar xarajatlari uchun hisobdor shaxslarga berilsa:
D-t 4220-«Xizmat safarlar uchun berilgan bo‘naklar»
K-t 5020-«Chet el valyutasidagi pul mablag‘lari».
Naqd xorijiy valyuta harakatining hisobi ikki bahoda yuritiladi: valyuta turlari
bo‘yicha va so‘mda. Sintetik hisob faqat so‘mda yuritiladi. Jurnal order shaklida hisob
yuritilganda naqd xorijiy valyutasi uchun 1/1 – jurnal-orderi va 1/1
vedomosti
qo‘llaniladi.
Kassadagi naqd xorijiy valyuta qoldig‘i vaqti vaqti bilan so‘mga nisbatan qayta
baholanib turiladi. Ijobiy va salbiy kurs farqi 5020-«Chet el valyutasidagi pul mablag‘lari»
schyoti 9540-«Kurs farqlaridan foydalar» yoki 9620-«Kurs farqlaridan zararlar» schyotlari
bilan korrespondentlashgan holda aks ettiriladi.
Dostları ilə paylaş: