7
Idrokning predmetliligi va yaxlitligi.
Predmetlilik idrokning
sifati tarzida ish-
harakatlarni boshqarishda alohida rol o‘ynaydi.
Bu xususiyat yordamida tashqi olamdan
olingan ma’lumotlarni ana shu olamning o‘ziga
solishtirib ko‘riladi va
idrok obrazlarining real
predmetlariga adekvat (mosligi) taminlanadi.
Tashqi olam bilan aks ettirilishi mos kelmay
qolgan xollarda odam to‘g‘riroq aks ettirishni
ta’sinlovchi idrokning yangi usullarini qidirishga
majbur bo‘ladi.
8
Idrokning yaxlitligi.
Yukorida ko‘rsatganimizdek, idrok
sezgi
a’zolariga ta’sir kiluvchi narsa va
hodisalarning ayrim xususiyatlarini aks
ettiruvchi sezgilardan farqli ravishda,
narsalarning yaxlit obrazidir. O‘z-o‘zidan
ravshanki, bu
yaxlit obraz turli
modallikdagi sezgilar orkali olingan
narsalarning ayrim xususiyat va sifatlari
haqidagi bilimlarni umumlashtirish
asosida vujudga keladi.
9
Idrokning murakkabligi quyidagilarda ifodalanadi:
Har bir idrok tarkibiga ayni vaqtda bir necha sezgi kiradi.
Masalan, qovunni idrok qilish.
Bunda quyidagi sezgilar ishtirok etadi qovunning shakli va
rangini aks
etgiruvchi ko'rish sezgisi, hidini aks ettiruvchi hid sezgisi, mazasinn aks
ettiruvchi ta'm sezgisi, harakatni aks etgiruvchi teri sezgisi va boshqalar. Bu
sezgilar taxlil yordamida ajratib olinadi va idrokning reseptiv
tomonini tashkil
etadi. Ular ishtirokida narsaning barcha xossalari bir butun holda aks
ettiriladi.
Bu esa idrokning perseptiv tomonini tashkil etadi.