3
Idrok haqida tushuncha.
Idrok - inson
ongida sezgi organlarimizga
bevosita ta’sir etayotgan narsa va hodisalarni
tartibga solinib, yaxlit, bir
butun holda aks
ettirilishi. Idrok narsa va hodisalarning ayrim
xususiyatlarini aks ettiruvchi
sezgilardan farq
qiladi. Lekin idrok narsa ayrim sezgilarning
oddiy yig‘indisidan iborat emas. Idrok hissiy
bilishning yangi, yuqori bosqichidir. Idrok
jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud.
Bular: idrokning
predmetligi, yaxlitligi, ma’lum
tartibda tuzilishi, konstantligi, anglanganligi.
4
Shaxs tevarak-atrofdagi narsa hodisalarning
faqat ayrim xossalarini ongda aks
ettirib
qolmaydi balki ularning barcha xossalarini
birgalikda bir butun holda ham aks ettiradi.
Sezgi organlariga bevosita ta'sir etib turgan
narsa-hodisalarning obrazlarining kishi bir
butun holda aks ettirishi idrok deyiladi.
Masalan: uyni idrok qilish, gulni idrok qilish,
odamni idrok qilish va boshqalar. Sezgi va
idrok bir-biri bilan chambarchas bog'liq. Kishi
narsa-hodisalarning ayrim xossalarini sezadi.
Uni bir butun holda idrok qiladi.
5
Idrokning predmetliligi.
Idrokning predmetliligi ob’ektivlash ham deyiladi va
tashqi olamdan olingan ma’lumotlarni shu olamning
o‘ziga qaratishida ifodalanadi. Tashqi olamdan
kelayotgan ma’lumot, obraz (masalan, o‘qilayotgan
kitobning tasviri) bizning sezgi organlarimizda emas
(ko‘z ichida emas),
balki bizning tanamizdan
tashqarida, tashqi olamda deb idrok qilinadi. Bu
xususiyatsiz odamning amaliy faoliyatini tasavvur qilib
bo‘lmaydi. Idrokning predmetliligi tug‘ma
hisoblanmaydi. Sub‘ektda olamning predmetliligini
ochib beruvchi ma’lum harakatlar tizimi mavjuddir. Bu
yerda to‘yish va harakat sezgilari muhim rol o‘ynaydi.
Harakatlar ishtirok etmaganda
idroklarimiz predmetlik
sifatiga ega bo‘lmagan, ya’ni tashqi olam ob’ektlariga
qaratilmagan bo‘lar edi.