Umumiy quvvati 1500 MVt bo’lgan ACWA Power Sirdaryo bug’-gaz qurilmali Mustaqil Elektr Stantsiyasi
1-Jild – Notexnik Hisobot
3.
MANFAATDOR TOMONLAR BILAN
MASLAHATLASHUVLAR
ACWA Power bug'-gaz qurilmasi Loyihasi bo'yicha manfaatdor tomonlarni
aniqlash va
maslahatlashuvlar tahliliy o'rganish va ekologik va ijtimoiy ta'sirni baholash bosqichida
o'tkazildi. Turmush darajasini tiklash bilan bog'liq alohida konsultatsiyalar
ham turmush
darajasini tiklashni rejalashtirish jarayonining bir qismi sifatida amalga oshirilmoqda.
Manfaatdor tomonlarni aniqlash jarayonida ta'sir va qiziqishlarga asoslangan,
hamda
qarorlar qabul qiladigan manfaatdor tomonlar aniqlandi.
Hozirda davom etayotgan manfaatdor tomonlarni jalb qilish jarayonida qo'llanilayotgan
usullar milliy, mintaqaviy va mahalliy hokimiyat organlari bilan ikki tomonlama
uchrashuvlar, elektron pochta, telefon qo'ng'iroqlari va xatlarni o'z ichiga qamrab oladi.
Biroq, bu jarayonlarni amalga oshirishda hozirgi COVID-19 pandemiyasi to'sqinlik qildi.
Bundan
tashqari, 2020-yilning 28-mayidan 5-iyunigacha bo'lgan davrda jamoatchilik
bilan quyida ko'rsatilgan maslahatlashuv va uchrashuvlar o'tkazildi:
•
Boyovut tumani
-
2020-yil 28-may: ushbu yig'ilishda Sarmich jamoasidan 12 kishi va 6 nafar
fermer ishtirok etdi.
•
Shirin shahri
-
2020-yil 28-may: mazkur yig'ilishda 15 nafar ishtirokchi, jumladan, 7 nafar
shahar Kengashi deputatlari ishtirok etdi.
-
2020-yil 5-iyun: ushbu yig'ilishda 30 nafar ishtirokchilari ishtirok etdi va u
yoshlar, ishsiz va kam ta'minlangan oilalarga qaratilgan edi.
COVID-19 pandemiyasi oqibatida yuzaga kelgan jamoat yig'ilishlarining
cheklovlari
natijasida Shirin va Boyovut ma'muriyatlari bilan hamkorlikda Juru Energy va 5 Capitals
maxsus tayyorlangan Loyiha risolalarini 2020-yil 5-avgust kuni Loyiha hududidagi mahalliy
jamoalarga tarqatishdi. Risolalarda Loyiha,
kutilayotgan ijobiy natijalar, shuningdek,
qurilish va ishlash jarayonidagi salbiy oqibatlar, shu jumladan, shikoyatlarni ko'rib chiqish
mexanizmining qoidalari haqida ma'lumot berildi.
2020-yilning 2-iyul kuni Juru Energy kompaniyasiga Boyovutdagi
Sarmich va Julangar
jamoalaridan sakkiz (8) ayol ishtirokida Zoom videokonferensaloqa tashkil etish taklif
qilindi. Videokonferens aloqa Boyovut tumani Investitsiya Bo'limi Boshlig'i
tomonidan
tashkil etildi.
Quyidagi jadvalda bugungi kunga qadar o'tkazilgan konsultatsiya xulosasi keltirilgan.
Umumiy quvvati 1500 MVt bo’lgan ACWA Power Sirdaryo bug’-gaz qurilmali Mustaqil Elektr Stantsiyasi
1-Jild – Notexnik Hisobot
Dostları ilə paylaş: