Tovar-moddiy zahiralarining to’liq kirim qilinishini tekshirish chog’ida auditor mol etkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblarning shakllari va shartlarini, tanlangan baholash usulini, sotib olingan qiymatliklar bo’yicha QQSni qoplash tartibini hisobga olishi zarur. Tovar-moddiy zahiralarining tushumi va kirim qilinishi mol etkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar va kuzatib boruvchi hujjatlar (tovar-transport nakladnoylari, schyot- fakturalar, qodoqlash (upakovka) yorliqlari, sifat guvohnomasi, qabul kvitantsiyasi va boshqalar) asosida tekshiriladi. Omborxona kirim hujjatlarini mol etkazib beruvchilarning kuzatib boruvchi hujjatlari yoki materiallarni chakana savdoda naqd pulga sotib olish hujjatlari bilan solishtirish omborxonada sodir bo’lgan kirim muomalalarini tekshirishning umumiy usuli hisoblanadi.
Tezkor va xizmat yuzasidan uzatiladigan axborotlar ham auditorlik tekshiruvning ob’ekti hisoblanadi. Masalan, kelgan yuklarni hisobga olish jurnalidan moddiy qiymatliklarning assortimenti va etkazib berish muddatlari to’g’risidagi ma’lumotlarni mol etkazib beruvchilar bo’yicha olish mumkin. Auditor bunday hisobning mijoz-korxonada qanday tashkil etilganligini o’rganadi. Xususan, har bir mol etkazib beruvchi bo’yicha shartnomada materiallarning etkazib berilish muddatlari va assortimenti ko’rsatilayotganligi, hamda haqiqatda olingan materiallarning assortimenti, olinish sanasi ko’rsatilgan holda qabul qilinganligi tekshiriladi. Operativ hisobda keltirilgan axborotlarning ishonchliligini aniqlash uchun auditor ularni buxgalteriya hisobida aks ettirilgan ma’lumotlar