haqqoniyligini; da’vo qilish muddati tugagan, to’lash muddati o’tkazib yuborilgan qarzlarning bor-yo’qligini;xaridorlar tomonidan qisman aktseptlangan yoki bankka to’liq summada to’lash rad qilingan, bankka inkassaga qo’yilgan schyotlar bor-yo’qligini, bunday hollarda qanday choralar ko’rilganligini; * omborxona xo’jaligining ahvolini;moddiy boyliklarning saqlanish sharoitlarini; materiallar miqdor va sifat ko’rsatgichlari bo’yicha to’g’ri qabul qilinganligini;moddiy javobgar shaxslar tomonidan moddiy boyliklarni saqlash va hisobga olish tartibi to’g’risidagi yo’riqnomaning bajarilishini, ularni saqlash qoidalarining buzilish sabablarini; korxona omborxonasi hududidan moddiy boyliklarning transportda yoki transportsiz olib chiqib ketilishi ustidan nazoratning ta’minlanishini; omborxona binolarining texnik holatini; * moddiy boyliklar biriktirib qo’yilgan xodimlar bilan to’liq moddiy javobgarlik to’g’risida yozma shartnoma tuzilganligini; moddiy boyliklarning omborxonadagi harakati to’g’ri va o’z vaqtida rasmiylashtirilishini; ishonchnomalarni berish va ulardan foydalanishga doir hisobotlar tuzish qoidalariga rioya qilinishini; * moddiy boyliklarning ishlab chiqarishga to’g’ri hisobdan chiqarilishini; amaldagi me’yorlarning hozirgi zamon texnologiyasi va ishlab chiqarishning tashkil qilinish darajasiga muvofiqligini;materiallarni qayta ishlash uchun chetga berishning to’g’ri rasmiylashtirilishini; moddiy boyliklarni saqlash va tashishda tabiiy kamayish me’yorlariga muvofiq ularning kamomadi va yo’qolishlarini hisobdan chiqarishning asoslanganligi va boshqa shularga o’xshashlarni.