Mol etkazib beruvchi va pudratchilar, xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar korxonalar xo’jalik faoliyatida eng ko’p uchraydigan hisob-kitoblardir. Shuning uchun bunday hisob- kitoblarni tekshirish quyidagi asosiy ikki yunalish bo’yicha amalga oshirilishi zarur:
olingan moddiy qiymatliklar (ish, xizmatlar) uchun to’lovlar yoki jo’natilgan tovarlar
(bajarilgan ish va xizmatlar) uchun tushgan summalarning to’g’riligini aniqlash;
moddiy qiymatliklarni kirimga olish va hisobdan chiqarishning to’liqligini tekshirish.
Mol etkazib beruvchi va xaridor o’rtasidagi hisob-kitoblar qoidaga ko’ra naqd pulsiz
amalga oshiriladi va ular ikki guruhga bo’linadi: 1) tovar muomalalar bo’yicha, 2) moliyaviy majburiyatlar bo’yicha. Naqd pulsiz hisob - kitoblarning quyidagi asosiy shakllari mavjud: to’lov topshiriqlari, to’lov talabnomalari, akkreditivlar, inkassa topshiriqlari, cheklar va o’zaro talablarni uzishga asoslangan hisob shakli. Mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazish ham yuqorida bayon qilingan, barcha hisob-kitob muomalalari uchun xos bo’lgan umumiy qoidalariga asosan o’tkaziladi. Hisob - kitob ma’lumotlarining mosligini tekshirish balans va hisob registrlari ma’lumotlari tengligini aniqlashdan boshlanadi. Agar hisob-kitob ma’lumotlarini solishtirish amallarini bajarish chog’ida nomuvofiqliklar aniqlansa, auditor ularning katta-kichikligini va vujudga kelish sabablarini aniqlaydi. Misol: 6010 «Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» (joriy qismi) va 7010 «Mol etkazib beruvchil va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar»(uzoq