ta’sis hujjatlari (ustav, ta’sis shartnomasi) mavjudligi, shakllari va to’g’ri rasmiylashtirilganligi; -
ta’sis hujjatlari mazmunining amaldagi qonunchilak va me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiqligi; -
ta’sischilar ulushlarining ustav kapitaliga to’liq va o’z vaqtida qo’shilishi; -
ta’sischilar mulk shaklida qo’shadigan ulushlarining to’g’ri baholanishini tekshirish; -
ustavda ko’rsatilgan faoliyat turlarining qonuniyligini tekshirish; -
ustav kapitali hajmining ta’sis hujjatlari va O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiqligi; -
ustav kapitalining to’liq va to’g’ri shakllantirilganligi; -
ta’sischilarning ustav kapitaliga o’z ulushlarini qo’shish bo’yicha yakuniy hisob- kitoblar uchun qonunda belgilangan muddatlarga rioya qilinishi; -
ustav kapitalini shakllantirishga doir muomalalarning buxgalteriya hisobi schyotlarida to’g’ri aks ettirilganligini tekshirish; -
ustav kapitaliga ulushlarning haqiqatan ham qo’shilganligini aniqlash; -
ustav kapitali hajmi o’zgarishining asosliligi, ustav va ta’sis shartnomasining qayta ro’yxatdan o’tkazilganligini hamda bu haqda tegishli hisob registrlari va hisobotda aks ettirilganligi. Ushbu vazifalarni bajarish uchun quyidagi ma’lumot manbalari tahlil qilinadi: -
korxonaning huquqiy maqomini, ustav kapitalini shakllantirish va hisobga olish masalalarini tartibga soladigan asosiy qonun hujjatlari va yo’riqnomalari; -
ta’sis hujjatlari (notarial idora tomonidan tasdiqlangan ustav va ta’sis shartnomasi); -
moliyaviy, statistik va boshqa tegishli hisobotlar;
-
ustav kapitalini shakllantirish bo’yicha muomalalar hisobga olingan dastlabki