hujjatlar, analitik va sintetik hisob registrlari; Me’yoriy hujjatlarga muvofiqlik masalasini tekshirish uchun ustav kapitalini shakllantirish va hisobga olish qoidalarini o’zida mujassamlashtirgan me’yoriy hujjatlar to’plami zarur. Bunday to’plam tekshirilayotgan korxonaning o’ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda shakllantiriladi. 14.2. Ta’sis hujjatlarini tekshirish
Auditor ta’sis hujjatlarini tekshirishda quyidagilarni aniqlaydi: -
ta’sis hujjatlarida qanday faoliyat turlari ko’zda tutilgan; -
haqiqatda amalga oshirayotgan faoliyat turlarining ta’sis hujjatlariga muvofiqligi; -
O’zbekiston Respublikasining «Ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash to’g’risida»gi qonuniga muvofiq litsenziyalanishi lozim bo’lgan faoliyat turlari va litsenziyalarning mavjudligi. Litsenziyalanishi lozim bo’lgan faoliyat turlari bo’yicha litsenziyalar mavjudligi va ularning amal qilish muddatlari tekshiriladi. Chunki, korxona bunday faoliyat turlari bilan shug’ullanish huquqiga litsenziya olingan yoki unda ko’rsatilgan vaqtdan boshlab ega bo’ladi va ushbu huquq litsenziya amal qilish muddati o’tishi bilan to’xtatiladi. Tegishli litsenziyalarga ega bo’lmasdan amalga oshirilgan faoliyat turlari noqonuniy hisoblanadi. Agar korxona bitta ta’sischi tomonidan tashkil etilgan bo’lsa, bunda u mazkur ta’sischi tomonidan tasdiqlangan, tegishli hoqimiyat organidan ro’yxatdan o’tgan va notarial idora tomonidan tasdiqlangan ustav asosida faoliyat ko’rsatadi. Ta’sis hujjatlari bilan tanishish auditorga mulk egasi kim ekanligini va kimning manfaati uchun tekshiruv o’tkazilayotganligini aniqlashga imkon beradi.