ta’sischilar tomonidan qo’shiladigan ulushlarning jami summasi. Auditor korxona ustavi bilan tanishish chog’ida unda quyidagilar ko’rsatilganliini aniqlaydi:
-
korxonaning o’ziga xos hususiyatlari va tashkiliy-huquqiy shaklini ifodalaydigan nomi; -
korxonaning davlat ro’yxatidan o’tkaziladigan, joylashgan o’rni; -
ustav kapitalining ko’lami va uning barcha ta’sischilar o’rtasida ulushlarga taqsimlanishi; -
korxonaning maqsadi va faoliyat turlari; -
ijro organlarini saylash yoki tayinlash tartibi; -
korxona boshqaruv organining tarkibi va vakolatlari hamda ular tomonidan qaror qabul qilish tartibi; -
dividendlar taqsimlash tartibi; -
amaldagi qonunchilikda ko’zda tutilgani hamda ta’sischilar bilan kelishilgan, lekin qonunchilikka zid kelmaydigan boshqa zarur masalalar. Shuningdek, ta’sis hujjatlarini tekshirishda korxonaning tashkiliy-huquqiy shaklini e’tiborga olish zarur. Masalan, aktsiyadorlik jamiyatining ta’sischilari tomonidan tasdiqlangan ustavida, ustav kapitalining ko’lami to’g’risidagi ma’lumotlar bilan birga jamiyat tomonidan chiqariladigan aktsiyalarning toifalari, ularning nominal qiymati va miqdori, aktsiyadorlarning huquqlari to’g’risidagi shartlar har xil bo’lishi lozim. Aktsiyadorlik jamiyatining barcha aktsiyalari bir aktsiyador tomonidan sotib olinganda, aktsiyadorlik jamiyatini bir kishi tashkil etgan hisoblanadi yoki bir aktsiyadordan iborat bo’ladi. Bu holdagi ma’lumotlar aktsiyadorlik jamiyati ustavida qayd qilingan, ro’yxatga olingan va hamma tanishishi uchun e’lon qilingan bo’lishi kerak. Ishtirokchilar tarkibini tahlil qilishda, aktsiyadorlik jamiyati va mas’uliyati cheklangan