Yengil atletika va uni



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/327
tarix03.12.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#171925
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   327
admin, Енгил атлетика дарслик

3.9. Musobaqalashish davri
Bu davrda yuklamalar dinamikasi sportchi ahvoli va tayyorgarlik 
vositalariga ta’sir etish kattaligiga bog‘liq holda rejalashtiriladi. 
Umumiy ish hajmi kamaytiriladi, asosiy turga yaqin mashqlar 
soni ko‘paytiriladi va ularni bajarish uchun sarflanadigan kuch 
jadalligi oshib boradi. Texnik mahoratni yuksak emotsional darajada 
takomillashtirishi orqali hislatlarni rivojlantirish va malakani 
mukammallashtirishda katta natijalarga erishish mumkin. Musobaqalar 
ruxiy hislatlarga katta ta’sir ko‘rsatadi, ularning darajasini pasaytiradi, 
shuning uchun musobaqalarda qatnashishdan oldin, eng avvalo, asab 
kuchlarini to‘plash zarur.
Bellashuv davrining maqsadi mashqlarning maksimal hajmini 
yuqori jadallikda bajarish emas, balki yuqori natijaga erishish ekanligiga 
qaramay, bunda ish qobiliyatini o‘zgarish fazalari qo‘llaniladi 
(musobaqadan so‘ng toliqish–dam olish–organizm kuchini qayta 
tiklanishi-ish qobiliyatini oshishi-musobaqaga tayyorgarlik holati).
Alohida sikldagi fazalar davomiyligi o‘tgan musobaqalarning 
mushkullik darajasiga, ularda erishilgan natijalarga va sportchining 


280
tayyorgarlik saviyasiga bog‘liqdir. Sakrovchining sport mahoratini 
shakllantirishni yana bir tamoyili musobaqalar orasidagi davomli 
tanaffuslarda (2-3 hafta) qo‘llaniladi. Maxsus-texnik yo‘nalishdagi 
zarbli qo‘sh mashq qilishlar tezkor kuch hislatlarini tiklashga 
mo‘ljallangan mashq qilish mashg‘ulotlari bilan sistematik 
ravishda galma-gal bajariladi. Yugurib kelib uch hatlab sakrashni 
takomillashtirish bo‘yicha ikkita mashq qilish jarayoni kvalifikatsion 
va asosiy musobaqalar modelini aks ettiradi. 
Ikki haftalik tayyorgarlik sikli
1 hafta
.
Yakshanba: uch hatlab sakrash bo‘yicha musobaqa.
Dushanba: yugurish 5x60 m, tezlanish mashqlari 2x150 m, yuk 
tortish, shtangani ko‘krak qafasiga ko‘tarib olish (2 t) shtanga bilan 
o‘tirib-turish, sakrab chiqish (2 t), tosh uloqtirish 15 marta, yugurish 
3x150 m (20-21 sek).
Seshanba: dam olish.
Chorshanba: tezlanishli yugurish, gimnastika mashqlari 3x100 m, 
yadro uloqtirish 10 marta, qumli chuqurlikka yugurib kelib sapchib 
sakrash 8 marta, 6-10 yugurish qadamdan uch hatlab sakrash 8-10 
marta, tezlanish 3x130 m.
Payshanba: tezlanishli gimnastik mashqlarni 3x100 m qumli 
chuqurlikka yugurib kelib sapchib sakrash 12 marta, 6-10 yugurish 
qadamidan uch hatlab sakrash 15-20 marta yadro uloqtirish 20 marta, 
tezlanish 3x130 m.
Juma: dam olish.
Shanba: yugurish, gimnastik mashqlar, tezlanishlar, 3x100 m, 
startdan yugurish (30-40 m.dan) 0,4-0,5 km, sherik bilan (80-90 kg) bir 
oyoqda 10 marta sakrab chiqish va so‘ngra shu oyoqda 30 m, «sapchib 
sakrash» (har bir oyoq uchun 2 martadan takrorlash), yugurish 3x150 
m, (18,5-19 sek.).
Yakshanba: dam olish.

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin