Oxirgi kuchlanish fazasi – uchinchi burilishning oxirgi o‘ng
oyoqni yerga qo‘yishdan boshlanadi.
Bu payt bosqon uloqtiruvchi gavdasining o‘ng tomonida, yelka
bo‘g‘imi balandligida yoki undan yuqoriroqda bo‘ladi; gavda chapga
engashadi.
Oldingi burilishlardagidek, uloqtiruvchi yelka kamarini tos bilan
bir tekislikka kelguncha chapga buradi. Bosh esa uloqtirish davomida
birinchi marta orqaga egiladi, qo‘llar yozilgan bo‘ladi.
Bosqon quyi nuqtaga intilib, tizza balandligiga yetganda bosqonning
tortilishi va gavda og‘irligi ikkala oyoqqa teng taqsimlanadi.
Oxirgi harakatning quyi nuqtasida bosqon gavdaning o‘rta
chizig‘idan o‘ngda bo‘lishi kerak.
Bosqon quyi nuqtadan tortilayotgan paytda uloqtiruvchi chapga
burilib, orqaga egiladi. Bu harakat bilan u bosqonga maksimal tezlik
beradi.
483
Orqaga egilayotganda tosni oldinga siljitmaslik kerak.
Uloqtiruvchi oyoqlarini to‘g‘rilashga intiladi va shu bilan birga
gavdasini ham yuqoriroq ko‘tarishga harakat qiladi. Lekin faqat chap
oyoq to‘la to‘g‘rilanadi, o‘ng oyoq esa sal bukilgan holda, uchi bilan
chapga buriladi.
Bolg‘aning tortilishini asosan chap oyoq tutib turadi va uloqti-
rishning oxirida bu oyoq tagining oldingi qismi yerga tayanadi.
Harakat oxirida uloqtiruvchining gavdasi tizzadan sal bukilib turgan
o‘ng oyoq ustiga o‘tadi, bosh esa oxirgacha orqaga egiladi.
103-rasm . Bosqonni qo‘ldan chiqrish Bosqon yelka bo‘g‘ini balandligiga etganda uloqtirib yuboriladi.
Bosqonning tortilishi va harakat tezligi maksimal darajaga yetadi.
Bosqon qo‘ldan qo‘yib yuborilgan zahoti uning uloqtiruvchiga
ta’sir etgan tortish kuchi yo‘qoladi, shu sababli gavdaning aylanish
tezligi oshadi, chunki endi u bolg‘aning qarshiligiga uchramaydi.
Muvozanatni saqlash va doiradan chiqib ketmaslik uchun uloqtiruvchi
484
o‘ng oyog‘ining uchida aylanishni davom ettira turib, uni to‘g‘rilaydi,
chap oyoqni yerdan uzib, o‘ng oyoq orqasiga chapdan orqaga
o‘tkazadi. O‘ng oyoqni esa tizza bo‘g‘imidan bukadi.