480
nuqta tananing o‘rta chizig‘idan o‘tsa, bosqon harakatini tezlashtirish
qiyinlashadi. Uloqtirish natijasi ham past bo‘ladi.
Uloqtiruvchi yelka kamarini toki tos sathi bilan tenglashguncha
chapga buradi. Qo‘llarini oldindan-o‘ngdan siljitadi chap qo‘l
bosqon
bilan yaxlit chiziq tashkil qiladi; oyoqlar yarim bukilgan, chap oyoq
o‘ng oyoqqa nisbatan ko‘proq bukilgan holatda bo‘ladi. Bu paytda
bosqon shari sportchining chap qo‘l bosqon bilan yaxlit chiziq tashkil
qiladi; oyoqlar yarim bukilgan, chap oyoq o‘ng oyoqqa nisbatan
ko‘proq bukilgan holatda bo‘ladi. Bu paytda
bosqon shari sportchining
o‘ng oyoqning tizzasigacha pastga tushadi.
Burilishlar vaqtida boshni dastlabki aylantirishdagi kabi to‘g‘ri
tutish kerak. Boshni sal chapga qiyshaytirish mumkin, lekin har doim
bolg‘a tomonga qarab turish lozim.
Yelka kamari tos bilan bir (frontal) yuzaga o‘tgan zahoti, uloqtiruvchi
chap oyoq tovonida va o‘ng uchida chapga aylana boshlaydi. Buning
natijasida chap qo‘l bilan bir chiziqda turgan bolg‘a ham chapga qarab
tortiladi.
Uloqtiruvchining ikkala oyoqda aylanishi gavda chapga burilib
bo‘lguncha davom etadi (birinchi burilishda dastlabki holatdan 90
0
,
ikkinchi va uchinchi burilishda esa 75
0
-80
0
gacha). Uloqtiruvchi chapga
aylanish bilan bir vaqtda oyoqlarini tizza bo‘g‘imidan sal yozadi. Tana
og‘irligi chap oyoqqa o‘tadi. Shunday keyin chala yozilgan o‘ng oyoq
bilan
siltanib, faqat chap oyoqqa o‘tadi.
Birinchi burilishda bosqon shari uloqtiruvchining dastlabki
holatidan chap tomonda yelka bo‘g‘inlari balandligigacha ko‘tariladi.
Ikkinchi va uchinchi burilishlarda esa yelka bo‘g‘inlaridan ancha
pastda bo‘ladi.
Uloqtiruvchi har bir burilishda bir yarim-ikki poy orqaga, uloq-
tirish tomoniga siljiydi. Burilishlar vaqtida o‘ng oyoq poyi chap
oyoq qa yaqinlashtiriladi. Demak, uloqtiruvchining poylari
uloqtirish
yo‘nalishida ikki parallel chiziq bo‘ylab emas, balki taxminan shu
yo‘nalishda bir-biriga yaqinlashuvchi chiziqlar bo‘ylab siljiydi. Poy
uchlari sal kerilgan bo‘ladi.
Uloqtiruvchining qo‘sh tayanch fazasida aylanishni tezlashtirishda
qatnashuvchi yirik muskul gruppalarining ishi uchun qulay sharoit
481
vujudga keladi. Shuning uchun har bir burilishning qo‘sh tayanch
fazasi bosqonni tezlashtirish uchun eng qulay holatdir.
Dostları ilə paylaş: