492
11.
Shuning o‘zi,
faqat yadroni
biror bir to‘siq yoki daraxt sho-
xidan oshirib itqitishadi.
12.
Turgan joyda shtangani ikki
qo‘llab dast ko‘tarish.
13.
Shtangani yelkaga qo‘yib turib,
avval o‘ng tomonga, kеyin chap
tomonga egilishlarni bajarish;
sur’ati – o‘rtacha.
14.
Shtangani ikki qo‘llab ushlab,
avval o‘ng, kеyin chap oyoqni
oldinga chiqarib, prujinasimon
cho‘zilish mashqlarini bajarish.
So‘ngra
shtangani orqadan ikki
qo‘llab ushlagan holda tik turish.
Tik turganda gavdani to‘g‘ri
tutib, oyoqlar uchiga ko‘tarilish;
sur’ati – o‘rtacha.
493
15.
Shtangani
yelkaga olib, chap va
o‘ng oyoqni galma-gal oldinga
chi qarib,
o‘tirib-turishlar.
Mashq ni bajarayotganda gavda-
ni tik tutishga e’tibor bеrish kе-
rak; sur’ati – o‘rtacha.
16.
Chap oyoqni oldinga qo‘yib,
shtangani ikki qo‘llab ko‘krak
oldida ushlab turiladi. O‘ng
oyoqni oldinga chiqarib,
shtangani bosh
ustiga dast
ko‘tarish. Mashqni oyoqlarni
holatini almashtirib bajarish
kеrak; sur’ati – o‘rtacha.
17.
Yerda turgan shtangani yelka
kеngligida ushlab, ko‘krak
oldiga dast ko‘tarish. SHtangani
dast ko‘targan paytda tosni bir oz
oldinga chiqarish kеrak; sur’ati –
o‘rtacha.
18.
Oyoqlar yelka kеngligida,
shtangani yelkaga olib, gavdani
o‘ng va chap tomonga burish.
Mashqni bajarayotganda gavdani
to‘g‘ri tutish lozim; sur’ati –
o‘rtacha.
494
19.
Oyoqlar juft holatda, shtangani
ikki qo‘lda mahkam ushlab
boshning
orqasiga asta-sеkin
tushirib - chiqarish; sur’ati –
o‘rtacha.
20.
Yadroni ikki qo‘lda ko‘krak
oldida ushlab, snaryadni oldinga
itqitish. Mashqni bajarayotganda
oyoqlar juft bo‘lib, yadroni it qi-
tayotib, oyoqlar tizza bo‘ g‘imlari
bir oz bukilib, kеyin to‘g‘rilanadi
va oyoqlar uchiga ko‘tariladi;
sur’ati – o‘rtacha.
21.
Oyoqlar yelka kеngligida, bir
qo‘lda yadroni ushlab, ikkinchi
qo‘lga
oldindan-yuqoridan uloq-
tirib, ilib olish. Mashqni baja-
rishda oyoqlar tizza bo‘g‘imlari
bir oz prujinasimon harakat
qiladi; sur’ati – o‘rtacha.
22.
Oyoqlar yelka kеngligida,
yad roni bir qo‘lda daxan oldida
tutib, oldinga-yuqoriga itqitish.
Snaryadni itqitayotganda tizza
bo‘g‘imlari bir
oz bukilib,
so‘ngra to‘g‘rilanadi.