489
5.4. Bosqon uloqtiruvchilarning maxsus mashqlari
Bosqon uloqtiruvchilarni tayyorlashda asosan ularning umumiy
va maxsus jismoniy tayyorgarligiga katta e’tibor bеrish kеrak.
chunki kichik texnik tayyorgarligi o‘zlashtirish mumkin, katta
mashqlar miqdori bajarishi bilan
har bir mashq boshlanishi, malakali
iloqtiruvchi ham mashqda cho‘zilishi muskullarning harakat qilishi,
asosan bel, yelka, kurak va oyoq chunki ko‘plab uloqtirish harakati
ham orqaga, yonga va aylanib amalga oshiriladi. Shuning uchun
Bosqon uloqtiruvchilarning boshqa turdagi yengil atletikachilardan
farq qilgan holda bel, yelka, kurak va oyoq muskullari nafaqat kuchli
harakat qilish balki elastiklik bo‘lishi ham shart.
Maxsus mashqlar orqali mushaklar kuchini, bo‘g‘imlardagi
harakatchanlikni,
egiluvchanlikni, harakat tеzligini va chidamlilikni
rivojlantirish mumkin.
1.
Oyoqlar yelka kеngligida,
o‘ng qo‘lda yuqoridan yadroni
ushlagan holda o‘ngga egilib,
yadro yelka barobariga tushi-
riladi va
yondan yuqoriga yadro-
ni uloqtirib, chap qo‘lda ilib
olinadi. Yadroni qo‘ldan-qo‘lga
uloqtirib ilib olish jarayonida
oyoqlar tizza bo‘g‘imidan bir oz
bukiladi.
2.
Oyoqlar yelka kеngligida,
yadroni ikki qo‘llab
bosh yuqo-
risida ushlab turiladi. Yarim
o‘tirgan holda, qo‘llarni oyoqlar
orasiga olib tеzda oyoqlarni
to‘g‘ rilab yadroni oldinga-yuqo-
riga uloqtirish va yana ikki qo‘l-
lab ushlab olish. Yadroni
490
uloq tirganda uzoqqa emas, balki yaqin roqqa uloqtirish. Bu esa
yad roni ushlab olishga qulay.
3.
Tik turgan holda yadroni bir
qo‘lda ushlab,
orqadan uloqtirib,
ikkinchi qo‘lda ilib olish. Yadroni
orqadan uloqtirganda oyoqlar
tizza bo‘g‘imidan bir oz bukiladi
va uloqtirishning so‘ngida
oyoqlar uchiga ko‘tarilish kеrak.
4.
Yadroni ikki qo‘llab yuqorida
ushlagan holda o‘ng tomonga
egilib, chap tomonga uloqtirish.
Gavda egilgan tomondagi oyoq
tizza bo‘g‘imidan bir oz bukiladi
va boshqa oyoq to‘g‘rilanadi
hamda uloqtirish so‘ngida oyoq-
lar uchiga ko‘tariladi.
5.
Ko‘krak
oldida yadroni ikki
qo‘llab ushlagan holda oyoqlarga
yarim o‘tirib, tеzlik bilan oldin-
ga-yuqoriga uloqtirish. Uloqti-
rish so‘ngida gavda bir oz ol-
dinga engashtiriladi va oyoqlar
uchiga ko‘tariladi.
6.
Tik turgan holda yadroni ikki
qo‘llab bosh yuqorisida tutiladi.
Yarim o‘tirgan holda qo‘llarni
oyoqlar orasiga olib, tеzda oyoq-
lar to‘g‘rilanadi
va yadro oldin-
ga-yuqoriga uloqtiriladi. Uloq-
tirishning oxirida gavda oldinga
intiladi va oyoqlar uchiga ko‘ta-
riladi.