87
Ayollar o‘rtasida 200 metr masofaga yugurish musobaqalari XIV
Olimpia o‘yinlari musobaqalari tarkibiga kiritilgan (London shahri,
1948-yil). Bu musobaqalarda 100 va 200 metrlik sprinter masofalarga
yugurish bo‘yicha gollandiyalik F.Blan – Kers – Koen g‘oliblikni
qo‘lga kiritgan va uning qayd qilgan natijasi 100 metrda 11,9 s, va
200 metrda 24,4 s ga teng hisoblanadi. 400 metr masofaga yugurish
bo‘yicha musobaqalarda ayollar o‘rtasidagi medallar faqat XVIII
Olimpia o‘yinlarida qayd qilingan (Tokio shahri, 1964-yil). Bu
musobaqalarda ushbu sport turi bo‘yicha avstraliyalik B.Katbert (52,0
s) g‘olib sifatida tan olingan. Qisqa masofalarga yugurish bo‘yicha
sportda yorqin iz qoldirgan sportchilar – bu S.Valasevich (Polsha,
1935-yil, 200 metr 23,6 s); V. Rudolf (AQSh, 1960-yil, 11,2 va 22,8
s); V.Tayes (AQSh, 1968-yil, 100 metr 11,0 s); I.Shevinska (Polsha,
1974-yil, 200 va 400 metr, 22,5 va 49,3 s); M.Kox (Sobiq Germaniya
Demokratik respublikasi, 1985-yil, 200 va 400 metr, 21,71 va 47,60
s) kabilardan tashkil topgan. XXVIII Olimpia o‘yinlari (Afina shahri,
2004-yil) g‘oliblari sifatida 100 metr masofada ayollar o‘rtasida –
Yu.Nesterenko 10,93 s (Belorussiya respublikasi); 200 metr masofada
– V.Kempbell 22,05 s (Yamayka); 400 metr masofada – T.Uilyame
– Darling 49,41 s (Bagam orollari) kabilar shohsupadan o‘rin
egallashgan.
Hozirgi vaqtda qisqa masofalarga yugurish bo‘yicha ayollar o‘rta-
sida dunyo rekordi 100 va 200 metr masofalar bo‘yicha AQShlik
Florens Griffit – Djoyner (1988-yil, 10,49 va 21,34 s), 400 metr masofa
bo‘yicha Sobiq Germaniya Demokratik respublikasidan Marita Kox
(1985-yil, 47,60 s) kabilarga tegishli hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: