90
- Diqqat buyrug‘I bilan yuguruvchi tosni ko‘tarib, orqada turgan
oyoq tizzasini tayanchdan oladi. Odatda, tosni ko‘tarish
balandligi elka
sathidan 7-15 sm ga yuqoriroq turadi. Yelka birmuncha oldinga, start
chizig‘idan nariga chiqariladi. Yuguruvchi qo‘llariga va tirgaklarga
tayanadi. Sportchi startga beriladigan buyruqni kutayotib, tirgakni
kuch bilan bosib turishi juda muhim (6, b-rasm).
6-rasm.
Yuguruvchining buyruqlar bo‘yicha holatlari:
a – Start! b –Diqqat!
Bu holatda oyoqlarning tizza bo‘g‘imidan bukilish burchagi katta
ahamiyatga ega. Oldindagi tirgakka tayanib turuvchi oyoqning soni
va boldiri o‘rtasidagi burchak 92-105
o
ga
orqada turgan oyoqning
115-138
o
ga teng. Gavda va oldinda turgan oyoqning soni o‘rtasidagi
burchak 19-23
o
ga teng. Bunday burchaklar qiymatlaridan past startga
o‘rgatishda, jumladan, startga shay turish holatini shakllantirishda
foydalanish mumkin. Buning uchun transportyor yoki yog‘ochli
reykalardan tayyorlangan burchak modellarini qo‘llash mumkin.
Yuguruvchi startga shay turish holatida ortiqcha zo‘riqmasligi va
uning harakatlari qisinib qolmasligi lozim. Lekin ayni vaqtda u
qisilgan prujinaga o‘xshash holatda turishi kerak. Buyruq
berilish
bilan harakatni boshlashi, startdan chiqishi kerak. Boz ustiga –Diqqat!
va –Marsh» buyruqlari o‘rtasidagi vaqt oralig‘i musobaqa qoidalarida
belgilab berilmagan va start beruvchiga bog‘liq. Startga berilgan
signalni (o‘q tovushi, ovozli buyruq) eshitgan zahoti, yuguruvchi bir
zumda oldinga harakatlanishni boshlaydi. Bunda u qo‘llarida yo‘lkadan
va bir vaqtning o‘zida orqada turgan oyog‘i
bilan orqadagi tirgakdan
itariladi. Keyin orqada turgan oyoqda oldinga qadam tashlash bilan
91
bir vaqtda oldinda turgan oyoq tirgakdan itarlishini boshlaydi, uning
hamma bo‘g‘imlari keskin yoziladi (7-rasm).
Dostları ilə paylaş: