2.2. Qisqa masofalarga yugurish texnikasi
Hozirgi vaqtda ko‘pgina murabbiylar sprinterlik yugurish texnikasi
o‘ta individual bo‘lishini va, ma’lum bir biomexanikaviy tavsiflarga
qaramasdan, sportchining muayyan individual xususiyatlariga,
shuningdek,, u erishadigan shiddat va tezkorlik darajasiga bog‘liq
ekanligini e’tirof etadilar. Bu, albatta, hamma uchun umumiy bo‘lgan
oqilona texnika elementlarini rad etmaydi, ularni takomillashtirish
88
ustida hozirda ham shug‘ullanib kelinadi. Sprinterlik yugurish texni-
kasini tahlil qilish uchun unda shartli ravishda quyidagilar ajratiladi:
- start;
- start tezlanishi;
- masofa bo‘ylab yugurish;
- marraga yetib kelish.
Start.
Qisqa masofalarga yugurishda musobaqa qoidalariga binoan
past start qo‘llaniladi, bunda start oyoq tirgaklaridan (stanogidan) foy-
da laniladi.
Start oyoq tirgaklarining joylashtirilishi o‘ta individual bo‘lib,
spor t chining malakasiga va uning jismoniy imkoniyatlariga bog‘liq
bo‘ladi (4-rasm). Amaliyotda to‘rt xil turdagi past start qo‘lla niladi
(oyoq tirgaklarining joylashishiga qarab): 1) odatdagi; 2) uzoq lash-
tiril gan; 3) yaqinlashtirilgan; 4) tor.
4-rasm.
Start tirgaklarining joylashtirilishi:
a – oddiy start uchun; b – uzaytirilgan start uchun;
v– yaqinlashtirilgan start uchun
Oddiy startda
start chizig‘idan birinchi oyoq tirgakkacha bo‘lgan
masofa 1,5-2 oyoq kaftiga teng, birinchi tirgakdan ikkinchisigacha
bo‘lgan masofa ham xuddi shunday. Endi shug‘ullanayotgan sportchilar
uchun boldir uzunligiga qarab joylashtirishni qo‘llash mumkin, ya’ni
birinchi tirgakkacha bo‘lgan masofa boldir uzunligiga teng.
|