92
va u yiqilishi yoki qoqilib ketishi mumkin. Boshni yuqori ko‘tarib
yuborish va tosni pastga tushirib yuborish birinchi qadamlardanoq
gavdaning erta ko‘tarilishiga olib kelishi va start tezlanishi samarasini
pasaytirib yuborishi mumkin.
Start tezlanishi
. Startdan yugurib chiqish yuguruvchining indi-
vidual imkoniyatlariga qarab 15 dan 30 m gacha davom etadi.Uning
asosiy vazifasi – mumkin qadar tezroq maksimal yugurish tezligini
olish. Startdan birinchi qadamlarning to‘g‘ri bajarilishi yuguruvchining
itarilishiga (yo‘lkaga nisbatan o‘tkir burchak ostida maksimal kuch
bilan) va harakat tezligiga bog‘liq. Yuguruvchi birinchi qadamlarni
egilgan holatda yuguradi, keyin (6, 7- qadamlar) gavdani ko‘tarishni
boshlaydi. Start tezlanishida gavdani asta-sekin ko‘tarish
juda muhim,
shundagina startdan va start tezlanishidan optimal samaraga erishish
mumkin. Gavda to‘g‘ri egilganda qadam tashlaydigan oyoq soni
tekislangan itariladigan oyoqqa nisbatan 90
o
ga ko‘tariladi va inersiya
kuchi yuqoriga qaraganda ko‘proq oldinga yo‘naltirilgan kuchni
hosil qiladi. Yuguruvchi qadam tashlaydigan oyoqni pastga-orqaga
qo‘yaturib, gavdasini oldinga itargan holda birinchi qadamlarni
baja radi.Bu harakat sonlarni tez birlashtirish bilan birga qancha tez
bajarilsa, keyingi itarilish shuncha chaqqonroq sodir bo‘ladi.
Birinchi qadamni maksimal tez va katta kuch bilan bajarish lozim.
Shu tariqa yuguruvchi gavdasining boshlang‘ich tezligi hosil qilinadi.
Gavda egilishi tufayli birinchi qadam uzunligi 100-130
sm ni tashkil
qiladi. Qadam uzunligini ataylab qisqartirish kerak emas, chunki
qadamlar sur’ati teng bo‘lganda ularning uzunligi ancha yuqori
tez likni ta’minlaydi. Birinichi qadamlarda yuguruvchining UOM
tayanch nuqtasi oldida turadi, bu eng qulay itarilish burchagini hosil
qiladi va kuchlanishlarning ko‘p qismi gorizontal tezlikning oshishiga
ketadi. Keyingi qadamlarda oyoqlar UOM proyeksiyasiga, keyin esa
– uning oldiga qo‘yiladi. Bunda gavdaning rostlanishi yuzaga keladi,
gavda masofa bo‘ylab yugurishdagi kabi holatni egalllaydi. Tezlik
o‘sib borishi bilan bir vaqtda taxminan masofaning 25-30 m lariga
kelib, sportchining tezligi maksimal yugurish tezligiga nisbatan 90-
95% ga etgan paytda tezlanish kattaligi kamayib boradi. Aytish joizki,
start tezlanishi va masofa bo‘ylab yugurish o‘rtasida
aniq chegara
93
yo‘q. Start tezlanishida yugurish tezligi ko‘proq qadamlar uzunligini
uzaytirish va kamroq qadamlar sur’ati hisobiga oshiriladi. Qadamlar
uzunligining haddan ortiq oshirilishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi – unda
yugurish sakrashlar bilan yugurishga aylanib qoladi va yugurish
harakatlari maromi buziladi. Qadamlar uzunligi va sur’atining
optimal
uyg‘unligi yuguruvchiga maksimal yugurish tezligini olishga hamda
yugurish harakatlarining samarali maromini egallashga imkon beradi.
Qisqa masofalarga yugurishda oyoq tayanchga oyoq uchida qo‘yiladi
va deyarli tovonga tushilmaydi, ayniqsa, start tezlanishida shunday
bo‘ladi. Oyoqlarni pastga-orqaga (gavdaga nisbatan) tez qo‘yish
yugurish tezligini oshirish uchun muhim ahamiyatga ega.
Start tezlanishida qo‘llar oldinga-orqaga chaqqon, lekin katta
amplitudada harakatlarni bajarishi kerak va oyoqlarni ham xuddi
shunday harakatlarni keng quloch bilan bajarishga majbur qilishi
lozim. Oyoq kaftlari masofada yugurishdagiga qaraganda birmuncha
kengroq, birinchi qadamlarda taxminan elka kengligida qo‘yiladi,
keyin esa oyoqlarning qo‘yilishi bitta chiziqqa yaqinlashadi. Oyoq
kaftlarini birinchi qadamlarda haddan ziyod keng qo‘yish gavdaning
yon tomonlarga
silkinishiga olib keladi, bu itarilish samaradorligini
pasaytiradi, chunki itarilish kuchi vektori UOMga to‘g‘ridan-to‘g‘ri
emas, balki unga burchak ostida ta’sir qiladi. Bu startdan turib ikki
chiziq bo‘ylab yugurish masofaning taxminan 12-15 metrlarida
yakunlanadi.
Dostları ilə paylaş: