96
unga tegizadi. Bu ikkita usul deyarli bir xil. Ular
yugurish tezligini
oshirmaydi, balki yuguruvchining lentaga tegishini tezlashtiradi. Bu
bir nechta yuguruvchilar birga marraga etib kelganlarida juda muhim
va g‘alabani faqat shunday harakat bilan qo‘lga kiritish mumkin.
Fotofinish marraga etib kelishda yuqori texnikaga ega yuguruvchini
aniqlab beradi. Marraga etib kelish texnikasini hali o‘zlashtirib
olmagan yuguruvchilar uchun marra chizig‘ini to‘liq tezlik bilan,
lentaga tashlanishni (otilishni) o‘ylamasdan kesib o‘tish
tavsiya
qilinadi. Sprinterlik yugurish – bu maksimal tezlik bilan yugurishdir.
Yuguruvchining vazifasi – mumkin qadar tezroq shu tezlikni olish
va imkon qadar uni uzoqroq saqlab qolishdir.
Sprinterlik yugurishda
tezlik shakllanishining fiziologik asoslanishi mavjud. Har xil malakaga
ega va turli yoshdagi yuguruvchilar yugurishning 1-sekundida o‘zi-
ning maksimum tezligiga nisbatan 55% ga, 2-sekundda – 76% ga,
3-sekundda – 91% ga, 4-da – 95% ga, 5-sekundda – 99% ga, 6-se-
kund da – 100% ga erishadilar. Keyin 8-sekundgacha tezlikni saqlab
qolish
amalga oshiriladi, bu saqlab qolishning davom etishi endi
yugu ruvchining malakasiga bog‘liq bo‘ladi. 8-sekunddan
keyin tezlik
mu qarrar pasayib boradi.
Dostları ilə paylaş: