94
oyoqni oldinga-yuqoriga chiqaradi, bunda
itarildadigan oyoqni tekis-
lash qadam tashlaydigan oyoq soni yetarlicha yuqori ko‘tarilgan va
uning tormozlanishi boshlanayotgan paytda sodir bo‘ladi. Itarilish
tayanch oyoqni yozish bilan tugallanadi. Ko‘z bilan kuzatganda shuni
ko‘ramizki, oyoqni tayanchdan uzish oyoq tekislanganda amalga
oshiriladi, lekin sekinlashtirilgan tezlik bilan kinotasvirga
tushirilgan
kadrlarni ko‘rayotganda shu narsa ko‘zga tashlanadiki, oyoq yerdan
uzilgan paytda tizza bo‘g‘imining bukilish burchagi 162-173
o
ga
etadi, ya’ni yerdan uzilish tekislangan emas, balki bukilgan oyoqda
sodir bo‘ladi. Bu qisqa masofalarda yugurishda yugurish tezligi ancha
yuqori bo‘lgan paytda kuzatiladi.Uchish fazasida sonlarning faol, o‘ta
tez birlashtirilishi sodir bo‘ladi.Itarilishdan so‘ng oyoq inersiyaga
ko‘ra birmuncha orqaga-yuqoriga harakatlanadi, qadam tashlaydigan
oyoq sonini tez chiqarish boldir-kaft bo‘g‘imini
dumbaga yaqinlashgan
holda oldinga harakat qilishga majbur qiladi. Qadam tashlaydigan oyoq
soni oldinga chiqarilgandan so‘ng boldir oldinga-pastga harakatlanadi
va oyoq zagrebayushiy harakat bilan oyoq kaftining oldingi qismiga
egiluvchan tarzda qo‘yiladi. Tekis masofa bo‘ylab sprinterlik yugu-
rishda oyoq kaftlari to‘g‘riga-oldinga qo‘yiladi, oyoq kaftlarini tash-
qariga ortiqcha burib yuborish itarilishni yomonlashtiradi. Yugu rishda
o‘ng va chap oyoqlar bilan qadam tashlashlar uzunligi har doim ham
bir xil emas. Maksimalga nisbatan kamroq
tezlik bilan yugurishda
– bu muhim emas. Sprintda esa, aksincha, bir xil uzunlikda qadam
tashlashga erishish juda muhim. Shuningdek,, bir maromda va ravon
tezlik bilan yugurish katta ahamiyatga ega.
Sprinterlik yugurishda qo‘llarning harakatlari ancha tez va chaq-
qonroqdir. Qo‘llar tirsak bo‘g‘imidan taxminan 90
o
burchak
ostida
bukil gan. Panjalar ortiqcha zo‘riqishsiz erkin musht qilingan. Qo‘l-
lar oyoqlarga nisbatan qarama-qarshi harakatlanadi: oldinga hara-
katlanganda – qo‘l birmuncha ichkariga harakat qiladi, orqaga harakat-
langanda – bir oz tashqariga harakatlanadi. Qo‘llarni yon tomonlarga
qaratib harakatlarni bajarish tavsiya qilinmaydi, chunki
bu gavdaning
silkinib ketishiga olib keladi. Qo‘llar bilan chaqqon harakatlar
elkalarning ko‘tarilishini va bukchayishini keltirib chiqarmasligi
kerak – bu ortiqcha zo‘riqishning birinchi alomatlaridir. Yugurishda
95
hara
kat
larning qisinib bajarilishi, yugurish texnikasidagi xatolar
yugu ruvchining ayni paytda ishda qatnashayotgan mushaklar guruhini
bo‘
shashtira olmasligidan dalolat beradi.Yengil, erkin, ortiqcha
harakatlarsiz va zo‘riqishlarsiz yugurishni o‘rganib olish zarur. Qo‘llar
va oyoqlar bilan harakatlanish bir-biriga o‘zaro bog‘liq va ba’zan
yuguruvchi yugurish tezligini saqlab qolish maqadida qo‘llari bilan
tezroq va faolroq ishlashi yetarli bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: