115
9-rasm.
O‘rta masofaga yugurish texnikasi
Zamonaviy yugurish texnikasi asosini: a)
harakatlanishning yuqori
tezligiga; b) bu tezlikni kam energiya sarflagan holda butun yugurish
masofasi davomida saqlab qolishga; d) har bir harakatda 119 erkinlikka
va tabiiylikka erishiga bo‘lgan intilish tashkil qiladi. Har
bir yugurish
turida optimal qadam uzunligi to‘g‘risida gapirish zarur bo‘ladi;
o‘rta masofalarga yugurishda u qisqa masofalarga yugurishdagiga
qaraganda kamroq va uzoq hamda o‘ta uzoq masofalardagiga nisbatan
ko‘proq bo‘ladi.
Kuchlanishlar shiddati va harakatlar tejamkorligi
yugurish
texnikasining eng asosiy ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Ular, bir
tomondan, yuguruvchining tezlik-kuch tayyorgarligi bilan, ikkinchi
tomondan, energetik zahira sarflanishining tejamkorligi bilan bog‘liq.
Masofa ortishi bilan harakatlarning tejamkorligi omili ish shiddati
omili ahamiyatidan ustunlik qiladi, chunki
qadamlar uzunligi va
sur’ati kamayadi. Bu yerda sportchining optimal shiddatga ega
uzoq vaqt davom etadigan ishga bo‘lgan qobiliyati birinchi o‘ringa
chiqadi. O‘rta va uzoq masofalarga yugurish startdan boshlanadi.
Musobaqa qoidalariga binoan ushbu holda
ikkita buyruqdan iborat
yuqori start qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: