Yengil atletika va uni


O‘rta va uzoq masofaga yugurish texnikasi



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/327
tarix03.12.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#171925
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   327
admin, Енгил атлетика дарслик

3.3. O‘rta va uzoq masofaga yugurish texnikasi
O‘rta masofalarga yugurishga 800 m va 1500 m ga yugurish, uzoq 
masofalarga yugurishga 3000 m dan 10000 m gacha yugurishlar 
kiradi. Ular stadionda yoki kross masofalarida o‘tkaziladi. Yugurish 
jarayonini shartli ravishda quyidagilarga bo‘lish mumkin: 
start va 
startdan tezlik olish, masofa bo‘ylab yugurish va marraga etib 
kelish
. Yugurish texnikasi asoslari eng konservativ bo‘lib, ko‘p asrlar 
davomida ular jiddiy o‘zgarmagan. Yetakchi sportchilarning individual 
texnikasini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar faqat kichik 
o‘zgarishlar kiritilishiga asos bo‘lgan. Asosan turli xil omillarning 
yugurish texnikasiga ta’siri, yugurish tezligini hosil qilishda ma’lum 
bir mushaklarning ishi aniqlangan, yugurish texnikasi asosiy 
tavsiflarini
ng biomexanikaviy parametrlari belgilab berilgan (9-rasm).


115
9-rasm. 
O‘rta masofaga yugurish texnikasi
Zamonaviy yugurish texnikasi asosini: a) harakatlanishning yuqori 
tezligiga; b) bu tezlikni kam energiya sarflagan holda butun yugurish 
masofasi davomida saqlab qolishga; d) har bir harakatda 119 erkinlikka 
va tabiiylikka erishiga bo‘lgan intilish tashkil qiladi. Har bir yugurish 
turida optimal qadam uzunligi to‘g‘risida gapirish zarur bo‘ladi; 
o‘rta masofalarga yugurishda u qisqa masofalarga yugurishdagiga 
qaraganda kamroq va uzoq hamda o‘ta uzoq masofalardagiga nisbatan 
ko‘proq bo‘ladi.
Kuchlanishlar shiddati va harakatlar tejamkorligi 
yugurish 
texnikasining eng asosiy ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Ular, bir 
tomondan, yuguruvchining tezlik-kuch tayyorgarligi bilan, ikkinchi 
tomondan, energetik zahira sarflanishining tejamkorligi bilan bog‘liq. 
Masofa ortishi bilan harakatlarning tejamkorligi omili ish shiddati 
omili ahamiyatidan ustunlik qiladi, chunki qadamlar uzunligi va 
sur’ati kamayadi. Bu yerda sportchining optimal shiddatga ega 
uzoq vaqt davom etadigan ishga bo‘lgan qobiliyati birinchi o‘ringa 
chiqadi. O‘rta va uzoq masofalarga yugurish startdan boshlanadi. 
Musobaqa qoidalariga binoan ushbu holda ikkita buyruqdan iborat 
yuqori start qo‘llaniladi. 

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin