120
- chap oyoqning qadam uzunligi o‘ng oyoqqa
nisbatan birmuncha
kichikroq;
- o‘ng oyoqning siltanish harakati bir oz ichkariga bajariladi;
- o‘ng oyoq kafti ichkariga qayrilgan holda qo‘yiladi.
O‘rta masofalarda yugurish tezligining qadam uzunligini oshirish
hisobiga ortishi cheklangan, chunki juda katta qadam katta energiya
sarfini taqozo etadi.
Yuguruvchilarda qadam uzunligi masofaga va individual qobiliyat-
larga qarab taxminan 160-220 sm ni tashkil etadi. Yugurish tezligi,
odatda, qadamlar uzunligi saqlangan holda ularning sur’ati hisobiga
oshadi.
Marraga yetib kelish
. O‘rta va uzoq masofalarga yuguruvchilar
odatda oxirida marraga tashlanishni (otilishni) yoki spurt bajaradilar.
Uning uzunligi masofaga va yuguruvchining potensial imkoniyatlariga
qarab o‘rtacha 150-200 m ga etadi. Marraga tashlanish vaqtida
yugurish texnikasi bir oz o‘zgaradi: gavdaning oldinga egilishi
ortadi, qo‘llarning yanada faolroq harakatlari kuzatiladi.
Masofaning
oxirgi metrlarida harakat texnikasi buzilishi mumkin, chunki toliqish
boshlangan bo‘ladi. Toliqishning ta’siri birinchi galda yugurish
tezligiga ta’sir qiladi: harakatlar sur’ati pasayadi,
tayanch vaqti ortadi,
depsinish samaradorligi va depsinish shiddati kamayadi.
Yugurish texnikasi va, birinchi navbatda,
yugurish qadamining
tuzilishi hamma masofalarda saqlanib qoladi, faqat qadamlar uzunligi
va sur’ati nisbatlari, kinematik va dinamik tavsiflar (masofa uzunligiga,
yugurish
tezligiga, har bir sportchining antropometrik xususiyatlariga
va jismoniy imkoniyatlariga qarab) o‘zgaradi.
Dostları ilə paylaş: