14-rasm.
Estafeta tayoqchasini
pastdan uzatish
15-rasm.
Estafeta tayoqchasini
yuqoridan uzatish
Uzatish bajarilgandan so‘ng estafetani qabul qilib olgan yuguruvchi
o‘z bosqichida tez yugurishni bajaradi, estafetani uzatgan yuguruvchi
esa asta-sekin yugurishni sekinlatib, to‘xtaydi, biroq o‘z yo‘lkasining
yon chegarasidan chiqib ketmaydi. Boshqa jamoalar ham uzatish
zonasidan yugurib o‘tganlaridan keyingina u yo‘lkani tark etadi. II
bosqichda yuguruvchi estafeta tayoqchasini chap qo‘lida ushlab boradi
va III bosqichdagi yuguruvchining o‘ng qo‘liga uzatishni amalga
oshiradi. III bosqichda yuguruvchi aylana bo‘ylab mumkin qadar
chetiga yaqin yuguradi va IV bosqichda estafeta tayoqchasini o‘ng
qo‘ldan chap qo‘lga uzatadi. Estafeta tayoqchasini uzatish yuqorida
aytib o‘tilgan usullarda amalga oshiriladi.
139
Uzatuvchi
Qabul qiluvchi
16-rasm.
Uzatish zonasidagi uzatuvchi va qabul qiluvchining
yo‘nalishlari
Uzatish zonasida yuguruvchilar bir-birlariga halal bermasdan,
ya’ni uzatishni bajarayotgan qo‘lga qarab, yugurish yo‘lkasining cheti
bo‘ylab yugurishlari kerak.
Estafeta tayoqchasini oqilona uzatish texnikasiga ega bo‘lgan
yuguruvchi, tayoqchani qabul qilayotib, orqaga qaramasdan yuqori
tezlikni saqlab qolgan holda yugurishni hamda estafetani qabul qilib
olishni boshlashi kerak. Odatda, estafetani qabul qilib olayotgan
yuguruvchi bir qo‘liga tayangan holda yoki yuqori startdan, yoki
past startdan start oladi. Yuqori startda yuguruvchi nazorat belgisini
va unga yugurib kelayotgan yuguruvchini ko‘rish uchun boshini bir
oz orqaga buradi. Bir qo‘lga tayanib start olishda yuguruvchi tayanib
turmagan qo‘l elkasi ustidan orqaga qaraydi yoki boshini tushirgan
holda tayanib turmagan qo‘li tagidan orqaga qaraydi (17-rasm).
Tayoqchani uzatish paytida eng muhim element – bir maromda
yugurish, ya’ni oyoqqa mos holda yugurish zarur. Shuningdek,,
yugurishni boshlash uchun optimal –fora»ni topish zarur, ya’ni
yugurishni –fora»ning shunday uzunligida boshlash kerakki, ayoqchani
uzatayotgan va qabul qilayotgan yuguruvchilarning tezliklari uzatish
zonasi o‘rtasiga to‘g‘ri kelishi zarur.
|