141
uchun qulay bo‘lgan qo‘liga o‘tkazib olishi mumkin. Amalga oshi-
riladigan uzatish tezligi qancha kam bo‘lsa, sportchi tayyorgarligi
shun cha yomon hisoblanadi. Estafeta tayoqchasini uzatishda asosiy
vazifa – tayoqchani uzatishni o‘ziga vaqt yo‘qotmasdan imkon qadar
uni tezroq berishdan iborat.
Uzatish paytida yuguruvchilar orasidagi masofa
estafetani qabul
qilib olayotgan yuguruvchining orqaga uzatilgan qo‘li uzunligiga
va estafetani uzatayotgan yuguruvchining oldinga cho‘zilgan qo‘li
uzunligiga teng bo‘ladi. Bu masofa estafeta tayoqchasini uzatayotgan
yuguruvchining uzatish paytida oldinga egilishi hisobiga bir oz
oshishi mumkin (18-rasm). Tegishli yugurish tezligida estafetani
uzatish texnikasi oqilona qo‘llanilganda shunday
masofani ushlab
turish mumkin bo‘ladi. Agar masofa qisqarsa, uzatayotgan yuguruvchi
qabul qilayotgan yuguruvchidan o‘zib
ketishi mumkin va, aksincha,
yuguruvchilar o‘rtasidagi masofa ortib ketsa,
tayoqchani uzatish
amalga oshirilmay qolishi mumkin va u yo‘lak tashqarisida bajariladi.
4.3
.
Estafetali yugurish texnikasiga o‘rgatish uslubiyati
Qisqa masofaga yugurish texnikasini o‘rgangandan so‘ng estafetali
yugurish texnikasini o‘rganishga o‘tish maqsadga muvofiqdir.
O‘rgatish uslubiyatining asosiy vazifasi yuqori
tezlikda yugurib
kelayotganda estafeta tayoqchasini aniq uzatish va qabul qilishni
bildirishdan iborat. Quyida estafetali yugurish texnikasini o‘rganish
uslubiyati tartibi, vazifalari, ularni hal etish
uchun vositalar va uslubiy
ko‘rsatmalar berilgan.
Dostları ilə paylaş: