Yengil atletika va uni



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/327
tarix03.12.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#171925
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   327
admin, Енгил атлетика дарслик

23-rasm.
 G‘ovlarning tuzilishi va-yillar bo‘yicha o‘zgarishi 
G‘ovlar osha yugurishning boshqa masofalari 200 va 400 m. Agar 
II va III Olimpia o‘yinlari dasturiga kirgan 200 m li masofa bugungi 
vaqtda deyarli yoddan chiqib ketgan bo‘lsa, 400 m g‘ovlar osha 
yugurish erkaklar musobaqalarida ham, ayollarnikida ham mavjud.
Ayollarda g‘ovlar osha yugurish sporti tarixi ancha qisqa. 
1926-yildagina Xalqaro havaskorlik yengil atletika federatsiyasi 
(IAAF) ayollar g‘ovlar osha yugurish masofasi haqidagi qarorlarni 
qabul qildi – 80 m, g‘ovlar balandligi – 2,5 fut (76,2 sm), g‘ovlar miq-
dori – 8 ta.
1969-yildan g‘ovlar osha yugurish bo‘yicha ayollar musobaqalarini 
o‘tkazishda masofalar o‘zgardi. Masofa – 100 m gacha, g‘ovlar 


168
balandligi 84 sm gacha, birinchi g‘ovgacha oraliq uzunligi 13 m, 
g‘ovlar orasidagi masofa 8,50 sm gacha o‘zgardi. So‘nggi rekord 
bolgariyalik sportchi Iordanka Donkovaga tegishli – 12,21 sek.
1970-yilda IAAF qarori bilan ayollar uchun 400 m masofa kiri-
tildi, ularda g‘ovlarning joylashuvi xuddi erkaklarnikidek, g‘ovlar 
balandligi – 76,2 sm. Bu masofada jahon rekordchilari Kim Batten – 
52,61 sek va Kevin Yang (AQSh) – 46,78 s. 
Hozirgi vaqtda g‘ovlar osha yugurish yugurish bo‘yicha erkaklar 
o‘rtasida dunyo rekordi 110 metr masofada AQShlik Aris Merrittga 
tegishli bo‘lib, 2012-yil, 12,80 s natija qayd etgan bo‘lsa, 400 metrlik 
masofa bo‘yicha AQShlik (Kevin Yang) 1992-yil, 46,78 s natijani qayd 
etdi, ayollar o‘rtasida dunyo rekordi 100 metr masofada bolgariyalik 
Yordanka Donkovaga tegishli bo‘lib, 1998-yil, 12,21 s natijani qayd 
etgan bo‘lsa, 400 metrlik masofada rossiyalik Yuliya Pechyonkina 
2003-yil, 52,34 s natijani qayd etgan.
Yengil atletikaning bu turida O‘zbekiston sportchilarining muvaf-
faqiyatlari, birinchi galda, ikki nom bilan bog‘liq – Sergey Popov va 
Aleksandr Harlov. O‘zbekiston sportchilaridan ilk marta XV Olim-
piada o‘yinlarida (1952-y., Xelsinki – Finlyandiya) qatnashgan g‘ov-
chi S.Popov bo‘lib, u 110 m yugurishda 14,7 sek natija ko‘rsatdi. 110 
m g‘ovlar osha yugurishda yana bir sportchi Sergey Usov 1980-yil-
gacha eng kuchli sportchilar guruhidan joy olgan, 110 m masofada u 
1987-yilda 13.39 sek natija ko‘rsatgan edi. Bu natija 110 m masofada 
hozirgacha O‘zbekiston rekordi bo‘lib turibdi. 1980-y. Moskva 
Olimpiada o‘yinlarining yana bir ishtirokchisi A.Harlov 400 m g‘ovlar 
osha yugurishda 50,64 sek ko‘rsatkichni namoyish etdi va yarim 
finalda 5-o‘rinni egalladi. A.Harlov 1983-yilda o‘z natijasini 48,78 
sek gacha yaxshiladi va bu natija hozirgacha (2010-y.) O‘zbekiston 
rekordi hisoblanadi. 
Ayollar orasida 200 m ga g‘ovlar osha yugurishda Roza Babich eng 
kuchli bo‘lgan. U 1967-yilda 200 m ni 27,1 s da yugurib o‘tib, jahon 
rekordini o‘rnatdi. 400 m g‘ovlar osha yugurishda Svetlana Shatalina 
oldinga chiqdi – 1.00.04 sek. U o‘z natijasini 58,8 sek ga yetkazdi, 
1984--yilda esa 400 m g‘ovlar osha yugurishda Tatyana Zubova 
54,48 sek natijaga erishdi. O‘sha-yilning o‘zida u mazkur masofani 


169
54,43 sek da bosib o‘tib, ko‘rsatkichini yaxshiladi. Bu natija hozirda 
O‘zbekiston rekordidir (2010 y.). 
1988-yilda 100 m go‘vlar osha yugurishda M.Suxoreva 13,06 sek 
natija ko‘rsatib, Respublika rekordini o‘rnatdi, bu natija hozir 22 yoshda.

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin