25-rasm.
110 m ga
G‘ovni oshib o‘tish kinogrammasi
G‘ovlar osha yugurish texnikasining samaradorligi mezoni sifati-
da harakatlarning vaqt xususiyatlarini qabul qilar ekanlar, turli muta-
xas sislar vaqtni yanada qisqartirish imkoniyatlarini g‘ovlar osha
yugurishning har xil bosqich va elementlarida ko‘radilar. Biroq aslida
g‘ovlardan oshib o‘tish texnikasi ko‘proq eng muhim ahamiyatga
ega bo‘lsa kerak. Unda 3 ta fazalarga ajratiladi: itarilish – g‘ovga
hujum boshlash, g‘ovning ustidan oshib o‘tish va “qo‘nish”, ya’ni
g‘ov ustidan erga tushish. G‘ovlar osha sprintda to‘siqni engib o‘tish
texnikasini yanada chuqurroq tahlil etish uchun sportchi harakatlarini
21-rasmda ko‘rsatilganidek, alohida bosqich va elementlar bo‘yicha
ko‘rib chiqish kerak. Yaxlit harakatni elementlarga qat’iy taqsimlab
chiqilgan bosqichlarga shu tariqa bo‘lish orqali g‘ovchilarning texnik
mahoratini baholash hamda ularning harakatlari samaradorligini
“ideal model”ga nisbatan nazorat qilish mumkin.
174
26-rasmda 1-9-lahzalar g‘ovni oshib o‘tish vaqtida tayanchli va
parvoz bosqichlarining alohida elementlarini o‘z ichiga oladi. G‘ovni
oshib o‘tish lahzalari ajratib ko‘rsatilgan va ularning tavsifi g‘ovlar
osha yugurish texnikasini obyektiv tarzda namoyish etishga imkon
beradi.
1-2
3
4
5-6-7
8
9
itarilish uchish “qo‘nish”
26-rasm. G‘ovlar osha yugurishning bosqich va lahzalari.
1 – oyoqni itarilish uchun joylashtirish, 2 – vertikal lahzasi,
3 – g‘ovga itarilish, 4 – g‘ovga hujum qilish, 5-7 – g‘ovni oshib
o‘tish (g‘ov osha qadam), 8 – yerga “qo‘nish” (g‘ovdan oshib yerga
tushish), 9 – birinchi qadamning boshlanishi.
Siltanuvchi oyoqning harakatlari. Shunday qilib, oxirgi qadamning
uchish bosqichida sonlarni tezlik bilan bir-biriga yaqinlashtirish
(26.2-rasm) siltanuvchi oyoq harakatining ritmini belgilaydi. Silta-
nuvchi oyoq tezkor harakat bilan itariluvchi oyoqqa etib oladi (26.3-
rasm). Oyoqni itarilish joyiga qo‘yish lahzasida sonlar orasidagi
burchak avvalgi qadamlarni bajarish vaqtidagiga nisbatan kichikroq.
Siltanuvchi oyoq, tovoni yuqoriga ko‘tarilmay, tizzasida bukiladi
va tizza faollik bilan oldinga harakatlanadi. Shu holatda siltanuvchi
oyoq yuqoriga olib chiqiladi (26.4-rasm). Oyoqni ko‘tarishning
bunday usuli biomexanika nuqtai nazaridan eng oqilona hisoblanadi,
chunki elka richagi kamayadi. Yugurish yo‘lkasidan uzilish lahzasida
siltanuvchi oyoqning tizza bo‘g‘imi ham, itariluvchi oyoqning og‘ish
burchagi ham 65-70
o
ga teng bo‘ladi (26.5-rasm).
Siltanuvchi oyoqni oldinga ko‘tarish faqat zarur mushak guruh-
lari ishtirokida, boshqalarini esa imkon boricha bo‘shashtirgan holda
175
bir harakat bilan bajariladi. Bu qoida juda muhim, chunki keyingi
harakat siltanuvchi oyoqni yuqoriga ko‘tarish vaqtida zo‘riqtirmaslik
bilan bog‘liq. Qoidaning murakkabligi shundaki, harakat maksimal
tezlikda bajarilishi zarur. Shartli ravishda siltanuvchi oyoq harakati
amplitudasining birinchi yarmi shu yerda yakunlanadi va tizzani
rostlash boshlanadi. Bu harakatning nomi – “boldirni ko‘tarish” (26.6-
rasm). Ko‘tarishni aniq sezish mumkin va u eng faol harakat sanaladi.
Qachonki beshinchi g‘ov plankasiga yaqinlashgan vaqtda siltanuvchi
oyoq tizzasi deyarli to‘liq rostlangan bo‘ladi. Bu lahzada oyoq uchini
yuguruvchi o‘ziga tortadi. Agar bu avvalroq bajarilsa, boldir zo‘riqib
taranglashadi va natijada siltash harakati samarali chiqmaydi. Oyoq
uchini tortish kechroq bajarilsa yoki umuman bajarilmasa, erga
“qo‘nish” vaqtida xatar yuz beradi. Shu paytda tos-son bo‘g‘imi tizza
bo‘g‘imidan, tizza bo‘g‘imi esa to‘piqdan yuqorida bo‘lishi lozim
(26.6,7-rasmlar).
Siltanuvchi oyoqning rostlangan holatni uncha uzoq saqlab turmas-
ligi juda muhim. Kuchlanishni qayta taqsimlash natijasida siltanuvchi
oyoq tizza bo‘g‘imida bir oz bukiladi, ozroq bo‘shash-tiriladi va tez
harakat bilan g‘ovortidagi yo‘lkachaga qo‘yiladi (26.8,9-rasmlar). Erga
qo‘yish lahzasida siltanuvchi oyoq tizza bo‘g‘imida yana rostlanib,
“qo‘nish” harakati tovonni baland ko‘targan holda oyoq kaftining old
qismi bilan amalga oshiriladi. Bu holat g‘ov ortida tayanchda turgan
butun vaqt davomida saqlanadi.
Siltanuvchi oyoq harakatining samaradorligi ko‘p jihatdan harakat-
ga hozirlanishga bog‘liq. Boldirni oldinga ko‘tarishga ahamiyat be-
rish muayyan afzalliklarga ega. Bunday hozirlikda siltanuvchi oyoqni
oldinga ko‘tarish vaqtida to‘la bukish osonroq kechadi. Siltanuvchi
oyoqni g‘ov ortiga tushirish paytidagi faollikka shu oyoq son
qismining orqa sirtidagi cho‘zilgan mushaklar namoyon etadigan
elasiklik xususiyati hamda itariluvchi oyoqning kompensatsiyalovchi
tortilish xususiyati tufayli erishiladi.
Oyoqni g‘ov ortiga faollik bilan tushirishga avvaldan hozirlanish
ko‘pincha shunga olib keladiki, siltanuvchi oyoq yetarlicha bukilmay
turib oldinga ko‘tariladi va tuzatilishi qiyin bo‘lgan qator xatolar paydo
bo‘ladi. Shuning uchun g‘ovlar osha yugurish texnikasini egallash
176
jarayonida dastlab siltanuvchi oyoqni tizza bo‘g‘imida to‘la bukilgan
oyoqni oldinga ko‘tarishni o‘rganish, faqat shundan keyingina uni
g‘ov ortiga faol tushirishga ahamiyat berish zarur.
Itariluvchi oyoqning harakatlari. Itariluvchi oyoqni tayanchga
tezlik bilan joylashtirish g‘ov tomon yugurishni yakunlaydi. Uning
tarang tutib turilishi tizza va tos-son bo‘g‘imlarining bukilishiga
yo‘l qo‘ymaydi, natijada, vertikal lahzasida, g‘ovga hujum chog‘ida
OMO‘ yuqori holatda bo‘lib, uning vertikal tebranishlari kamayadi.
Itariluvchi oyoq sportchining tanasini g‘ov ustidan oshirib tashlovchi
richag vazifasini bajaradi, uning rostlanishi siltanuvchi oyoqni
oldinga ko‘tarish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi va siltanuvchi
oyoq tizzasining tayanchda eng yuqori nuqtaga etishi hamda uning
rostlana boshlashi bilan tugaydi. Bu fazalarda oyoqlarning baravar
harakatlanishi juda muhim. Tosning oldinga qilinadigan harakati
natijasida itariluvchi oyoq sonining oldingi sirtidagi mushaklar
cho‘ziladi. Faqat shu lahzada itariluvchi oyoq tayanchdan uziladi.
Zarur muddatdan avvalroq yoki kechroq uzilish itarilish kuchini
kamaytiradi. Oyoq kaftining so‘nggi kuchlanishi OMO‘ harakati
traektoriyasini yo‘naltiradi. Bu kuchlanishning o‘z vaqtida bajarilishi
g‘ov plankasiga etib borgan lahzada tos va boldir-kaft bo‘g‘imi
chizig‘i erga nisbatan bir tekisda joylashishini yoki g‘ov tomon bir
oz og‘ib turishini belgilaydi. Sportchi yo‘lkachadan uzilgan zahoti
itariluvchi oyog‘ini gavdasiga yaqinlashtira boshlaydi, uni inersiya
bo‘yicha orqaga harakatlanishga qo‘ymaydi.
Itariluvchi oyoqning siljishi birinchi navbatda shuning uchun
ham faol va murakkab harakat sanaladiki, u tayanchsiz holatda
bajariladi. Sonning old sathidagi cho‘zilgan mushaklarning elasiklik
xususiyatlaridan foydalanish, tizzani keng harakat bilan yon tomonga
ko‘proq uzatib olib o‘tish ham juda muhim. Shunday qilib, itariluvchi
oyoq harakatining yanada qulayroq traektoriyasi hosil bo‘ladi.
Itariluvchi oyoq tizzasi g‘ov plankasiga etib borgan lahzada uning
boldiri siltanuvchi oyoq bilan bir tekisda joylashadi. Bunga erishish
uchun yuguruvchi itariluvchi oyoqning tizzada bukilishiga e’tiborini
qaratadi. Tizza g‘ovga tegib ketmaydigan balandlikkacha ko‘tariladi.
Keyin u tos-son bo‘g‘imining anatomik tuzilishi orqali ko‘tarilib, faqat
177
oldinga harakatlanadi. Tizzani keragidan ortiq ko‘tarish boldirning
pasayishiga va boldir-kaft bo‘g‘imining g‘ovga urilishiga olib keladi,
bu harakat ritmiga putur etkazib, og‘riqqa sabab bo‘ladi.
Tizza g‘ov plankasiga etib kelgach, g‘ovchining itari-luvchi
oyoqni ko‘tarishga yo‘naltirilgan kuchlanishi uni yugurish chizig‘iga
– yugurish holatiga olib kelishga o‘tkaziladi. Sportchi itariluvchi
oyog‘ini tizza bo‘g‘imida qattiq bukadi, kafti tosiga yaqinlashadi, bu
richag (pishang) elkasini kamaytirib, kuchlanish-larni qisqartirishga
imkon beradi.
Siltanuvchi oyoq yo‘lkachaga tekkan lahzada itariluvchi oyoq
tizzasi gavdani “quvib o‘tadi”, uning kafti esa gavda sathida bo‘ladi.
Qo‘llar harakati. G‘ovga hujum boshlash vaqtida qo‘llar harakati
muvozanatni ta’minlaydi, undan tushayotgan paytda turg‘unlikni
saqlashga va oyoqlar harakatini tezlashtirishga yordam beradi.
Itariluvchi oyoq g‘ov uzra sakrash uchun itarilish maqsadida
joylashtirilganida, ikkala qo‘l gavdaga yaqinlashti-riladi. Siltanuvchi
oyoq bilan barobar unga qarama-qarshi qo‘l yuqoriga ko‘tariladi,
keyin esa pastga va oldinga yo‘naladi. Anatomik xususiyatlar
tufayli qo‘llarning oldinga harakati amplitudasi va tezligi gavdaning
egilishiga va sonlar orasining ochilish burchagiga ta’sir ko‘rsatadi.
“Hujum qilayotgan” qo‘lning tirsak bo‘g‘imida rostlanishi siltanuvchi
oyoqning tizza bo‘g‘imida rostlanishi va boldirning g‘ov ustiga
qamchisimon harakatlanishi bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. Keyin
qo‘l yoysimon harakat bilan yon tomonga uzatilib, itariluvchi oyoqqa
joy bo‘shatadi, lekin gavda chizig‘idan orqaga ketmay, yugurish
holatiga keltiriladi. Qo‘lni orqaga keragidan ortiq o‘tkazish gavdaning
burilishiga sabab bo‘ladi, natijada yugurish yo‘nalishining o‘zgarishi
va tezlikning yo‘qotilishi yuz beradi. Siltanuvchi oyoq tomondagi
qo‘l tirsagi dastlab yon tomonga uzatiladi, shu tariqa u ikkinchi
yonga uzatilgan itariluvchi oyoqqa posangi vazifasini bajaradi, keyin
gavdaga yaqinlashtirilib, yuguruvchi holatga keltiriladi.
Qo‘llar harakatining amplitudaga, tezlikka va kuchlanishlarga mos
bo‘lishi juda muhim. Qo‘llarni nazorat qilish ancha oson bo‘lgani
sababli ular yordamida oyoqlar harakatiga kerakli ritmni berish
maqsadga muvofiq, chunki ular o‘zaro bevosita bog‘langan.
178
Gavda harakatlari. Itarilish bosqichida gavda asta-sekin oldinga
harakatlanadi va faqat siltanuvchi oyoq to‘la oldinga ko‘tarilganidan
keyingina, elkalar bilan oldinga keskin siljiydi (26.4;5-rasm). Bu
harakatni bajarganda, umurtqa pog‘onasini ko‘krak qismida bukmaslik
kerak. Egilish faqat belda bo‘ladi. Itarilish yakunlangan paytda egilish
harakati to‘xtaydi. Ayni shu lahzada, asosan, shu kuchlanish bilan
sportchi tanasi harakatining trayektoriyasi hosil qilinadi. Yuguruvchi
boldirini oldinga ko‘tarishni yakunlab, itariluvchi oyog‘ini o‘ziga
tortadi, shu paytda ham u gavdasining egilgan vaziyatini saqlab turadi.
Gavda orqaga ketib qolmasligi uchun yetarlicha kuch sarflash lozim.
G‘ovdan “tushish”, ya’ni erga “qo‘nish” va dastlabki qadamni bajarish
lahzasida egilgan vaziyatni saqlash yanada qiyin, lekin bunga erishish
nihoyatda muhimdir (2.8; 9-rasmlar). Mazkur elementni samarali
bajarish ko‘p jihatdan g‘ovchining toifasini belgilaydi.
Bel sohasida egilish parvozda ham, erga “qo‘nish” paytida ham
koptokdek taranglikni ta’minlaydi. Sportchi g‘ov ustidan oshib o‘tar,
g‘ovlar orasida yugurar ekan, odatdagi holatda bo‘ladi. Uning nigohi
keyingi g‘ovga qaratiladi. Egilgan holatni egallash oson, lekin uni
saqlab turish juda murakkab. Bu sportchining vaziyati, nigohining
yo‘nalishi, qorin pressi va bel mushaklarining zo‘riqishi orqali
ta’minlanadi.
Dostları ilə paylaş: |