Yengil atletika va uni


Yuguriishning turli vaziyatlarini qo‘llaganda qadamlar uzunligi



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/327
tarix03.12.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#171925
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   327
admin, Енгил атлетика дарслик

Yuguriishning turli vaziyatlarini qo‘llaganda qadamlar uzunligi 
dinamikasi
Itari-
lish
Yerga 
“qo‘nish”
1-g‘ovgacha 
qadamlar soni
Qadamlar uzunligi, sm
1
2
3
4
5
6
7
8
207
150
8 (erkaklar)
55 115 130 145 160 180 205 175
200
120
8 (ayollar)
60 95 115 135 150 175 190 180
215
150
7 (erkaklar)
90 120 160 180 205 215 187 -
7 qadamli variantda oldindagi start tirgagi start chizig‘idan 20-
30 sm masofada qo‘yiladi, og‘ish burchagi – 30-40
o
. Sportchi unga 
siltaydigan oyog‘ini joylashtiradi. Start tirgaklari orasidagi masofa 
45-60 sm bo‘lib, bu dastlabki qadamlar uzunligini oshirishga imkon 
beradi. Ikkinchi start tirgagining og‘ish burchagi – 60-65
o
.
Start o‘qi uzilgach, g‘ovchi ilk qadamlaridanoq qaddini bir 


172
me’yorda rostlay boshlaydi va 5-6 qadamda odatdagi yugurish holatini 
egallaydi. Ayollarning morfofunksional ko‘rsatkichlari hamda masofa 
o‘lchamlari (g‘ovlarning balandligi va ular oralig‘i) nisbati qulayroq 
bo‘lgani tufayli ular egilgan holatni ko‘proq vaqt saqlashlari va to‘la 
rostlanmasdan g‘ovga “hujum” boshlashlari mumkin. 
Amaliyotda gavdaning egilishi bilan bog‘liq nuqsonlar ko‘p 
uchraydi. 3-4- yoki hatto 1-2-qadamlardayoq gavdani rostlash yugu-
rish tezligini bir me’yorda oshirib borishga putur etkazadi, bunda 
inersiya kuchlaridan foydalanilmaydi, tezlik itarilishga alohida e’tibor 
berilganligi tufayli oshadi, bu tananing orqa qismidagi mushaklarning 
haddan ziyod zo‘riqtirilishiga olib keladi.
G‘ovchining start olish texnikasiga xos juda muhim element uning 
egallagan holatidir. Sportchining dastlabki harakati startdagi nigohi 
yo‘nalishini saqlagan holatda amalga oshiriladi. 
Dastlabki qadamlar koptokning sakrashidek tarang bo‘lishi lozim, 
bunga oyoqlarni avval tizza bo‘g‘imida va shundan keyingina kaft 
bo‘g‘imida faol rostlash hisobiga erishiladi. Oyoq kaftlarida baland 
turishga intilish oyoqlarning tizza bo‘g‘imida anchagina bukilishiga 
sabab bo‘ladi. Oyoqlarni rostlash vaqtida tayanchli oraliq uzayadi va 
bu yugurish tezligining pasayishiga olib keladi. 
7–va 8–qadamlarni bajarish juda katta ahamiyatga ega. Aynan shu 
qadamlar g‘ovni oshib o‘tish ritmini belgilaydi. Ular avvalgilariga 
qaraganda ancha faol, deyarli bor kuch bilan bajariladi. So‘nggi 
qadamni qisqartirish uchish bosqichida sonlarni tezlik bilan bir-biriga 
yaqinlashtirish hamda oyoqni tayanchga jadal qo‘yish hisobiga amalga 
oshiriladi. Bu startdan yugurib kelishning eng murakkab elementi 
hisoblanib, uni takomillashtirishga ko‘p vaqt sarflash o‘zini oqlaydi. 
Bu qadamning to‘g‘ri bajarilishi tufayli itariluvchi oyoq deyarli to‘liq, 
rostlangan holda OMO‘ (og‘irlik markazi o‘qi) proyeksiyasiga yaqin 
keltiriladi. Eng kuchli sportchilarda oyoqni joylashtirish burchagi 65
0
gacha, tizza bo‘g‘imida esa 160
o
gacha yetadi. Oyoq barmoqlarini 
sportchi o‘ziga qaratib tortadi, oyoq kafti tarang holda uzatiladi. 
G‘ov ustiga itarilish vaqtida tayanch oyoq tizza bo‘g‘imida deyarli 
bukilmaydi, u oyoq kafti hisobiga amortizatsiyalanadi. G‘ovlardan 
oshib o‘tish texnikasini tahlil qilishga turli xil yondashuvlar mavjud. 


173
Ulardan biri – alohida bosqichlarni (yuguruvchi egallagan vaziyatlarni) 
ayirib ko‘rsatish bo‘lib, u shakliga ko‘ra tekshirilayotgan o‘lchamlarga 
aniq javob beradi. 
25-rasmda g‘ovlar osha yugurish kinogrammasi – to‘siq ustidan 
oshib o‘tish lahzasi berilgan. G‘ovchining barcha harakatlari tinimsiz 
mashq mahsuli bo‘lib, uning asosida g‘ovlarni, ular orasidagi masofani 
va, umuman, butun masofani imkon qadar tezroq bosib o‘tishga intilish 
yotadi. Shuning uchun ham g‘ovchining texnik mahoratini belgilovchi 
harakatlarning oqilonaligi, g‘ovlar osha yugurish samaradorligining 
asosiy mezonidir. Bunda sportchi harakatning alohida fazalarini 
yaxlit bajarish uchun tejamli harakatida sarflaydigan eng kam vaqt 
hisoblanadi. 

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin