170
“Diqqat!” buyrug‘i berilishi bilan yuguruvchi bir me’yorda,
lekin tezgina tosini yelka sathidan 15-20 sm balandroqqa ko‘taradi.
Bu holatda tana og‘irligi qo‘llarga, oldindagi start tirgagi qo‘yilgan
oyoqqa taxminan bir me’yorda, orqadagi oyoqqa kamroq hisobdan
taqsimlanadi. Bunda boldirlar deyarli bir me’yorda. Oldindagi
oyoq soni bilan boldiri orasidagi burchak 90-100
o
ga teng, orqa
oyoqda esa 120-140
o
. Sportchining nigohi
tizzasi yoki oyoq kaftiga
qaratiladi. Nigohning oldinga – start chizig‘idan nariga qaratilishi
sportchi-ning ko‘tarilgan vaziyatda bo‘lishiga olib keladi, bu esa, o‘z
navbatida, uning startdan birinchi bo‘lib oldinga harakat boshlashini
keltirib chiqaradi, ya’ni xatoga sabab bo‘ladi. Yuqoridagilarning
barchasi – umumiy variant, sportchining o‘ziga
xos xususiyatlaridan
kelib chiqib (gavda tuzilishi, muvozanat darajasi, harakatlanishi va
psixik xususiyatlari) ularga o‘zgarish kiritish mumkin. “Diqqat!”
buyrug‘idan so‘ng yuguruvchi tanasini zo‘riqtirib turmasligi lozim.
Bu vaziyatda u fikrini jamlab, start uchun o‘q uzilganda darhol yugura
boshlashga tayyorlanadi. O‘q uzilgach, bir yo‘la ham qo‘llar, ham
oyoqlar harakatga tushadi. Tana yuqoriga – oldinga intiladi va g‘ovchi-
sprinter start tirgagidan yugurib chiqadi. Bunga, bir tomondan, qo‘l
va oyoqlar, ikkinchi tomondan, oyoqlarning o‘zaro muvofiq ishlashi
tufayli erishiladi. Orqada turgan oyoq start tirgagidan yetarlicha kuch
bilan itariladi va tizzada imkon qadar bukilib,
tezlik bilan oldinga-
yuqoriga chiqariladi, oldingi start tirgagida joylashgan oyoq bu vaqtda
to‘la rostlanadi. Bu harakatlarning birortasini kuch nuqtai nazaridan
ajratib ko‘rsatish start tirgaklardan chiqishning bir me’yorda, ritmik
tarzda bajarilishiga putur etkazadi. Past startdan yugurishda butun
kuch oldinga harakatlanishga qaratiladi. Tananing
optimal darajada
(anchagina, lekin haddan ortiq emas) egilib turishi gorizontal tezlikni
oshirishga ta’sir ko‘rsatadi. Past startdan yugurish oyoq kaftining
oldingi qismidan, tovonni yerga bosmasdan bajariladi.
Dastlab sprinter bilan g‘ovchining harakatlari aynan bir xil bo‘ladi.
Keyin esa startdan tezlik olishdan tashqari g‘ov-chining birinchi
g‘ovgacha yugurish faoliyati itarilish joyiga to‘g‘ri
tushishi zarurati
tufayli murakkablashadi.
171
Erkaklarda birinchi g‘ovgacha bo‘lgan masofa ularni ushbu
masofani ikki xil variantdan birini qo‘llab yugurishga majbur qiladi
– yo 7 (40% sportchilar), yoki 8 (60%) qadam qo‘yish yo‘li bilan.
Har ikkala variant ham o‘z kamchiliklariga ega. Birinchi variantda
qadamlar uzunligiga e’tiborni qaratish, ikkinchisida uni birmuncha
qisqartirish lozim.
Birinchi variantda ham, ikkinchi variantda ham
qadamlar uzunligining tebranishlari g‘ovsiz masofa startiga nisbatan
10% ni tashkil etadi.
Yetti qadamli variantdan baland bo‘yli sportchilar (188 sm va
undan baland) foydalanadilar. Ayollarning deyarli barchasi 8 qadamli
variantni qo‘llaydi, chunki ularda birinchi g‘ovgacha bo‘lgan
masofa
72 sm ga kamroq.
Birinchi g‘ovgacha yugurib borishda sportchi oldida kamida uchta
vazifa turadi: 1) imkon qadar katta tezlikni olish; 2) itarilish joyiga
aniq tushish; 3) g‘ovga “hujum” uchun qulay vaziyatni tanlash.
8 qadamli variantda birinchi dastgohchaga (start chizig‘idan 40-
55, ayollarda 35-40 sm, og‘ish burchagi – 40-45
o
) itariladigan oyoq
joylanadi. Ikkinchi start tirgagi yana 30-40 sm (ayollarda 20-40 sm)
uzoqroqqa qo‘yiladi, og‘ish burchagi – 50-60
o
.
2-jadval
Dostları ilə paylaş: