Yengil atletika va uni



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/327
tarix03.12.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#171925
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   327
admin, Енгил атлетика дарслик

G‘ovlar osha yugurish.
Erkaklarda masofaning 35 metrlik qismini 
yugurib o‘tishda g‘ovlar orasida qadam tashlash ritmining bir necha 
varianti mavjud. Birinchi guruhga butun masofa bo‘ylab g‘ovlar 
orasida bir xil miqdorda qadam tashlashdan foydalanuvchilar kiradi. 
Malakali sportchilarda bu 15, 14 yoki 13 qadam bo‘lishi mumkin. 
Yuqori malakali sportchilar faqat 13 qadamli ritmdan foydalanadilar.
Juft miqdordagi qadamlar ritmidan foydalanadigan sportchi hujum 
qiluvchi oyog‘ini navbatma-navbat almashtirib g‘ovlarni oshib o‘tishi 
kerak bo‘ladi. 
Boshqa guruhda sportchilar qadamlar ritmining aralash variantlarini 
qo‘llaydilar. Malakasi pastroq sportchilar 5-6 ta g‘ovni 15 qadamlik 
ritmda, keyingi 2-3 tasini 16 qadamda oshib o‘tib, masofaning yakun-
lovchi qismida 17 qadamlik ritmdan foydalanishlari mumkin. Sport 
mahorati oshgan sayin variant, masalan, quyidagicha o‘zgaradi: 5-7 
ta g‘ov 13 qadamda, keyin 14, oxirida esa 15 qadamda oshib o‘tiladi. 
Aralash variantlarni bajarish juda qiyin sanaladi. 
G‘ovlar orasini 15 qadamda yugurib o‘tganda, qadamlar uzunligi 
222 smga, 14 qadamda – 235 smga, 13 qadamda – 255 smga teng bo‘-
la di. Agar qadamlar uzunligi bo‘yicha bir oz zahira qoldirish zaruratini 
hisobga oladigan bo‘lsak, u holda tekis yo‘lkada yugurgan sportchining 
qadamlari shunday uzunlikka ega bo‘lishi kerak: 15 qadamlik ritmda – 
240 sm, 14 qadamda – 255 sm, 13 qadamda – 270 sm.
Ritmning o‘zgarishi sodir bo‘ladigan kesmalar eng murakkab 
hisoblanadi. Odatda, bu 5 va 6 yoki 7 hamda 8-g‘ovlar orasida yuz 
beradi. Sportchi qadamlarini keskin qisqartirishga majbur bo‘ladi, 
g‘ovni oshib o‘tish jarayoni ham qiyinlashadi, g‘ovlar orasidagi 
kesmani yugurib o‘tish vaqti ham ortadi. 
So‘nggi g‘ovdan marragacha bo‘lgan oraliq 40 m ni tashkil etadi, 
lekin uni sportchi nihoyatda charchagan holatda bosib o‘tadi. 
Masofani kamroq miqdordagi qadamlar bilan bosib o‘tishga 
vaqtidan ilgari harakat qilish sportchini juda tez, deyarli bor kuch 
bilan yugurishga majbur qiladi. Aks holda u g‘ovlar orasida qadam 
tashlash ritmiga bardosh bera olmaydi. Yugurishni bunday boshlash 
maso faning yakunlovchi qismida tezlikning jiddiy pasayishiga sabab 
bo‘ladi. Shuning uchun bellashuv tezligida 13 qadam ritmida yugu-


187
rishni egallab olgach va birmuncha zahiraga ega bo‘lganda, shun day 
ritmdan foydalanish mumkin.

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin