184
G‘ovlar orasida yugurish g‘ovsiz yugurishdagi o‘lchamlar bo‘yicha,
tabiiyroq va kuchliroqdir. Qadamlar nisbati quyidagicha: erga
“qo‘nish” – 120 sm; 1-qadam – 150 sm; 2-qadam – 197 sm; 3-qadam
– 183 sm; itarilish – 200 sm, ya’ni erkaklarning qadamlaridan jiddiy
farqlanmaydi. Biroq dastlabki qadamning uzunligi uni sun’iy uzaytirish
hisobiga emas, balki g‘ovni oshib o‘tish paytida tezlikning kamroq
yo‘qotilishi natijasida hosil bo‘ladi. Ayollarda g‘ovlar orasidagi siklda
tezlik kattaligi kamroq
tebranadi, shuning uchun qadamlar uzunligida
ham tafovut kamroq.
Shunday qilib, birinchi qadamning uzunligini
oshirishga alohida e’tibor
qaratmagan holda, itariluvchi oyoq tizzasini
harakat yo‘nalishi chizig‘iga tezlik bilan
yaqinlashtirish va oyoqni
yuqoridan harakatlantirib, boldirni ko‘tarmagan holda erga qo‘yish
kerak.
Dostları ilə paylaş: