185
29-rasm.
400 m ga yugurishda g‘ovni oshib o‘tish kinogrammasi
Chap oyoq bilan g‘ov ustiga itarilishda sportchi yo‘lkachaning ichki
qirg‘og‘idan 60-80 sm masofada yugurishga majbur bo‘ladi, aks holda
uning tizzasi yoki oyoq kafti g‘ov plankasi uchidan nariga o‘tib ketishi
mumkin, bu musobaqa qoidalarini buzish hisoblanadi. G‘ov
ustidan
oshib o‘tish jarayoni ham murakkablashadi, masofa esa, burilishda
4-5 ta g‘ovni oshib o‘tish hisobga olinsa, butun 4 metrli kesmada 3-4
metrga uzayib ketadi. G‘ovni oshib o‘tish
vaqtida oyoqlar harakati
amplitudasi g‘ovlar orasidagi qadamlar miqdoriga bog‘liq. G‘ovlar
orasida 15 qadam ritmidan foydalaniladigan bo‘lsa, bu harakatlar
qisqaroq, 14 qadam ritmida – kengroq bo‘lib, 13
qadamda amplituda
mak simal darajaga etadi.
400 va 110 m masofada g‘ovlarni oshib o‘tish texnikasida jiddiy
tafo vutlar yo‘q.
Startdan tezlik olish. Startdan yugurib tezlik olish g‘ovlar
orasida
yugu rish ritmiga bog‘liq. 15 qadamlik ritmdan foydalanilsa,
birinchi
g‘ov gacha bo‘lgan masofani (45 m) 22 qadamda yugurib o‘tish mum-
kin, 14 qadamlik ritmda – 21 qadam, 13 qadamlik ritmda esa – 20
qa dam. Qadamlarning bunday nisbatida startdan tezlik olishda yugu-
rish ning xususiyati qadamlarning uzunligi bo‘yicha ham, ritmiga ko‘-
ra ham masofa bo‘ylab yugurishga yaqin turadi.
Ayollarda 400 m ga yugurishda g‘ovlarning joylashuvi xuddi
erkak larning musobaqalaridagi kabi, lekin g‘ovlarning baland-ligi ki-
chikroq. So‘nggi vaqtlarda butun masofani 15 qadamlik ritmda yugu-
rib o‘tishga qodir bo‘lgan ayollarni ko‘rish mumkin. Ayollarning 15
qadami erkaklarning 13 qadamiga teng.