179
tushirilishi sonning orqa sirtidagi va quymich mushaklari zo‘riqishi
hisobiga amalga oshiriladi, bu gavdaning chuqur
egilishi bilan yuzaga
kelgan, ayni shu lahzada mushaklarning “qo‘nish” paytidagi nisbiy
“beharakat”ligi fazalari qayd etilgan.
27-rasm.
110 m ga yugurishda g‘ovni oshib o‘tish
vaqtidagi alohida qadam harakati trayektoriyasi:
1–sportchi, 2–OMO‘, 3–itariluvchi oyoqning tizzasi, 4 – siltanuvchi
oyoq kafti.
Ayollarning g‘ovlar osha yugurishida ancha qulay morfo-funk-
sional o‘lchamlari tufayli qizlarning bo‘yi,
oyoqlarining uzunligi,
g‘ovlarning balandligi, tezlik imkoniyatlari va h.k., siltanuvchi oyoq-
ning g‘ov ustidan olib o‘tishdagi bukilishi ancha sezilarlidir, balki
shuning uchun bu hozirgi vaqtda boshqa variantlarga qaraganda eng
to‘g‘risi deb tan olingan.
G‘ovlar orasida yugurish. G‘ov ortida erga “qo‘nish” g‘ovchini
o‘z harakatlarini yanada faollashtirishga undaydi. Yuguruvchi
siltanuvchi oyog‘i kaftining old qismida, tovonini yuqori ko‘tarib
turgancha itariluvchi oyog‘ini tezlik bilan gavdasiga
yaqinlashtiradi
va tizzasini oldinga ko‘taradi. Gavdaning o‘rta chiziqqa ko‘tarilgan
vaqtida itariluvchi oyoq qattiq bukilgan holatda bo‘ladi, siltanuvchi
oyoq yerdan uzilganidagina oyoq kafti tizzadan bir oz oldinga o‘tib,
180
tayanchga yuqoridan tushiriladi, bu paytda yuguruvchi barmoqlarini
o‘ziga tortadi. Itariluvchi oyoqning tezkor harakati yugurishning
engilligini saqlab qolishga yordam beradi. Birinchi qadamni shu
oyoqning ancha keng harakati, tizza va boldirni oldinga ko‘proq
ko‘tarish hisobiga uzaytirishga urinar ekan, yuguruvchi siltanuvchi
oyoq bilan itarilish samaradorligini pasaytiradi. U ancha cho‘ziladi va
kuchini bir oz yo‘qotadi. Siltanuvchi oyoq dastlabki qadamni bajarish
chog‘ida noqulay holatda bo‘ladi, chunki uning barcha bo‘g‘imlari
rostlangan. Birinchi qadam g‘ov ustidan oshib o‘tish inersiyasi, oyoq
kaftining kuchi va, asosan, itariluvchi oyoqning faol hamda o‘z
vaqtida
bajarilgan harakati tufayli amalga oshiriladi.
Zamonaviy sintetik sport yo‘lkachalarda, g‘ovchilarning bo‘y
ko‘rsatkichlari oshib, ularning umumiy va maxsus tayyorgarligi
darajasi yaxshilanib borayotganligini hisobga olsak, birinchi qadamni
bajarishga katta e’tibor qaratish zarurati yo‘qoldi. Birinchi qadamni,
uning uzunligi haqida ortiqcha qayg‘urmay, biomexanika nuqtai
nazaridan afzalroq tarzda tashlash imkoni paydo bo‘ldi. O‘z navbatida,
qadamning uzunligi aslida o‘zgargani yo‘q,
tananing alohida qismlari
tezligi hamda harakatlarning umumiy sinxronligi bu qadamning vaqt
nuqtai nazaridan qisqaroq va kuchli bo‘lishini ta’minlaydi. Bu keyingi
ikki qadamga ham taalluqlidir.
10 yard masofa Angliyada 100-yildan ko‘proq vaqt avval belgilan-
gan bo‘lib, tuproq yo‘lkalarda itarilishga uncha ko‘p e’tibor qilmagan
holda qadamlarning tabiiy uzunligidan foydalanishni ko‘zda
tutgan
edi. U vaqtda birinchi qadamni uzunroq tashlash manfaatliroq bo‘lgan,
shunda qolgan ikkitasini erkinroq va tez bajarish mumkin edi. Hozirgi
sharoitda (sintetik sport yo‘lkacha-lar, qulay poyabzal, sportchining
bo‘yi va h.k.) vaziyat o‘zgardi. G‘ovlar orasidan endilikda sun’iy
ravishda qadamlarni qisqar-tirib yugurishga to‘g‘ri kelyapti. Qadamlar
uzunligining quyidagi nisbati eng samarali hisoblanadi: erga “qo‘nish”
– 145 sm, 1-qadam – 150 sm; 2-qadam – 210 sm; 3-qadam – 195 sm;
g‘ov ustiga itarilish – 214 sm.
Ikkinchi qadam odatdagi yugurish qadami sanaladi, lekin g‘ovlar
orasidagi chegaralangan kesmada itariluvchi oyoq tizza bo‘g‘imida
181
to‘liq rostlanmagan holda tayanchdan uziladi, uning rostlanishi
parvoz bosqichida amalga oshadi. Bu qadamning
bajarilishi umumiy
ko‘rinishi jihatidan ham, tayanch-parvoz oraliqlariga ko‘ra ham xuddi
sprinterning yugurishga o‘xshaydi.
Uchinchi qadam startdan yugurib kelishning so‘nggi qadami
kabi bajariladi. Bu yerda ham parvoz vaqtida sonlarning tezlik
bilan birlashtirilishi, oyoqni itarilishi uchun tez va qisqa yo‘l
bilan
yo‘lkachaga qo‘yish kuzatiladi. Yetarlicha malakaga ega bo‘lmagan
sportchilarda itariluvchi oyoqni OMO‘ proeksiyasi ortiga joylashtirish
xatosi uchraydi. Natijada ular oyoqlarini tez va yuqoridan qo‘yishga
ulgurmaydilar. Buning oqibati o‘laroq uchinchi qadam ikkinchisidan
30-35 sm qisqaroq bo‘lib qoladi. Optimal tafovut esa 15-20 sm ga
teng.
Dostları ilə paylaş: