191
lana boshlaganlarni tez yugurish,
uzunlik va balandlikka sakrash, bel
va qorin pressi mushaklarini mustahkamlashga o‘rgatish zarur.
G‘ovlar osha yugurish texnikasiga o‘rgatish umuman, va ayniqsa,
tos-son bo‘g‘imlaridagi egiluvchanlik, harakatchanlik darajasiga
jiddiy talablarni ilgari suradi. Zarur egiluvchanlikni badan
qizdirish
mashqlarini bajarish chog‘ida maxsus “g‘ov” mashqlari ko‘magida
rivojlantirish maqsadga muvofiq.
O‘rgatish an’anaviy sxema bo‘yicha o‘tkaziladi: vazifalar, ularni
hal
etish vositalari, usuliy ko‘rsatmalar.
1-vazifa.
G‘ovlar osha yugurish to‘g‘risida tasavvur hosil qilish.
O‘rgatish qisqa g‘ovli masofadan boshlanadi, 400 metrli masofani
o‘zlashtirishga keyinroq kirishiladi.
Vositalar.
1. Malakali g‘ovchining 3-4 g‘ov osha
yugurish texnikasi namoyish
qilinadi, videoyozuvlar, kinomateriallar ko‘rsatiladi.
Dostları ilə paylaş: