Yengil atletika va uni


-vazifa.  G‘ovni oshib o‘tishda oyoqlar, qo‘llar va gavda harakat- larini o‘rgatish. Vositalar



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/327
tarix03.12.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#171925
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   327
admin, Енгил атлетика дарслик

3-vazifa. 
G‘ovni oshib o‘tishda oyoqlar, qo‘llar va gavda harakat-
larini o‘rgatish.
Vositalar. 
1. Siltanuvchi oyoqning vertikal tayanchga hujum harakatlarini 
taqlidan bajarish. 
2. Baland tayanchda turgan siltanuvchi oyoqqa egilish. 
3. Itariluvchi oyoqni g‘ov ustidan olib o‘tish. 
4. Og‘ma planka bo‘ylab sirg‘alish bilan xuddi shuning o‘zini baja-
rish. 
5. G‘ov yonida yurish. Siltanuvchi oyoq g‘ov yonidan, itariluvchi 
oyoq esa uning ustidan o‘tkaziladi. G‘ovlar orasida 2-2,5 m, 3 qadam 
bajariladi. G‘ovlar miqdori – 3-5.
Uslubiy
ko‘rsatmalar.
Bu harakatlar asosan ikkinchi topshiriqni 
bajarish vaqtida o‘zlashtiriladi. Maxsus mashqlarni o‘zlashtirish chog‘i-
da o‘rgatish samaradorligi ortadi. Har bir mashq bajarish variantlariga 
ega. Texnika detallari o‘zlashtirib borilgani sayin maxsus mashqlar 
doira sini kengaytirishga to‘g‘ri keladi (maxsus mashqlarga q.)
O‘rgatishning dastlabki bosqichida eng keng tarqalgan xatolar:


193
1. Tezlik olish vaqtidagi ishonchsizlik, itarilish joyiga aniq 
tushmaslik yoki g‘ovga itarilish oldidan so‘nggi qadamni uzaytirish 
va oyoqni OMO‘ proekstiyasidan ancha oldinga tovon bilan qo‘yish. 
Natijada tezlikning pasayishi hamda g‘ovga past holatdan sakrash 
yuz beradi. Bu nuqsonni bartaraf etish uchun yugurib kelishni 
belgi qo‘yilgan yo‘lkachada to‘rt, olti, sakkiz qadamdan bajarish
qo‘rqmaslik va qat’iyatni rivojlantirish kerak. 
2. Siltanuvchi oyoq sonini g‘ovga ko‘tarishda gavdani vaqtidan 
avvalroq oldinga egish ko‘pincha ayrim mushak guruhlarining (orqa, 
sonning old sirti, qorin-bel sohasi mushaklari) kuchi yetarli emasligi 
tufayli yuzaga keladi. Tegishli mushak guruhlarini mustahkamlovchi 
mashqlar bajarilganidan keyin xato barham topadi. 
3. G‘ovga sakrashda siltanuvchi oyoqni tizza bo‘g‘imida vaqtidan 
ilgari rostlash: g‘ovga yakuniy tezlanishning yo‘qligi va itarilish 
burchagining katta bo‘lishi 1, 2-mashqlarni bajarish orqali yo‘qotiladi 
(3-topshiriq).
4. G‘ovga sakrash vaqtida oyoqlar orasidagi burchakning yetarli 
kattalikda emasligi egiluvchanlik bo‘lmagani tufayli yuz beradi. 
5. Itariluvchi oyoqni g‘ov ustidan oshirib o‘tkazishda xatolar yuz 
beradi, ular siltanuvchi oyoq tizzasining haddan ortiq ko‘tarilishi yoki 
yetarlicha ko‘tarilmasligida ifodalanadi. Natijada g‘ov oyoq uchi yoki 
tizza bilan urib yuboriladi va yugurish ritmi buziladi. Xatoni bartaraf 
etish uchun g‘ov yonida turib qo‘llar bilan tayangan holda, bir oz 
egilgan vaziyatda itariluvchi oyoqni olib o‘tish mashqlari bajariladi. 
6. Itariluvchi oyoqni g‘ovdan tushish vaqtida keragidan avvalroq 
o‘ziga tortish hamda gavdani rostlash xato hisoblanib, buni bartaraf 
etish uchun sportchi g‘ovdan 30-40 sm uzoqlikda, uning yonida 
itariluvchi oyoqda turib, siltanuvchi oyoq sonini g‘ov plankasi sathida 
ko‘taradi, bu paytda boldir pastga erkin tushib turadi, siltanuvchi oyoq 
rostlanib, g‘ov ortiga tushirilgach, itariluvchi oyoq tezgina to‘siq 
ustidan oshirib o‘tkaziladi. Mashq joyida turib ham, harakatda ham 
bajariladi. 
4-vazifa.
Past start va startdan tezlik olish hamda g‘ovlarni oshib 
o‘tish texnikasini o‘rgatish.


194

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin