Yengil atletika va uni



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/327
tarix03.12.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#171925
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   327
admin, Енгил атлетика дарслик

Uslubiy ko‘rsatmalar.
O‘quvchilarning diqqati startdan tezlik 
olish, g‘ovni oshib o‘tish, g‘ovlar orasida yugurishga jalb etiladi. 
Imkon bo‘lsa, malakali g‘ovchining yugurishi takroran namoyish 
etilganidan so‘ng, sportchilarga 3-4 g‘ovni oshib o‘tish taklif qilinadi. 
Buni o‘ziga xos test deb hisoblash mumkin. Birinchi martadayoq 
bu topshiriqni yaxshi bajarganlar, odatda, o‘rganish sur’atlari va 
natijalarining o‘sishi jihatidan ustunlikka ega bo‘ladilar.
2-vazifa.
G‘ovlar orasida uchta yugurish qadamini bajarib ularni 
oshib o‘tishga o‘rgatish (ritmni o‘zlashtirishlar). Bu vazifani amalga 
oshirish ko‘p jihatdan g‘ovlarning balandligi va joylashtirilishi, start-
dan birinchi g‘ovgacha hamda g‘ovlar orasidagi masofaga bog‘liq. 
Vositalar.
1. Yo‘lkacha bo‘ylab belgilarga qarab yugurib o‘tish, bunda birinchi 
belgiga qadar 4, 6 qadam, belgilar orasida 3 qadam, belgi ustidan 
o‘tayotganda esa uzaytirilgan yugurish qadamini bajarib, oyoqni tez 
tayanchga qo‘yish.
2. 30-40-50 sm balandlikdagi o‘quv g‘ovlarini oshib o‘tish. 
Uslubiy ko‘rsatmalar.
O‘rganish bosqichida dastlab to‘siqlar 
o‘rnini g‘ov plankasi, to‘ldirma to‘plar va h.k. bilan belgilab yugurish 


192
mumkin, birinchi g‘ovgacha bo‘lgan masofa avval 4, keyin 6 yugurish 
qadamida bosib o‘tilishi kerak. 
7-8 yoshli bolalar uchun birinchi g‘ovgacha 6 yugurish qadami 
qo‘yiladigan bo‘lsa, masofa 7-7,5 m, g‘ovlar orasida – 4-4,5 m, g‘ovlar 
balandligi – 20-40 sm.
10 yoshli bolalar uchun muvofiq ravishda 7,5-8,5 m; 4,5-6 m; 40-
60 sm. 
13 yoshlilar uchun – 8-9 m; 5,5-6,5 m; 50-76,2 sm. 
Bolalarni g‘ovlar osha yugurish texnikasiga o‘rgatishning eng 
oqilona usuli – yaxlit usul. O‘quvchilar 3-4 g‘ovni yetarlicha yuqori 
tezlikda (nazorat ostida) yugurib o‘tadilar, murabbiy esa umumiy va 
xususiy e’tirozlarini bildiradi. Umumiy e’tiroz yugurish tezligi, ritmi, 
harakatlarning erkinligiga taalluqli. Xususiy e’tirozlar esa alohida 
qadam larning bajarilishi bilan bog‘liq bo‘ladi. 
Har bir g‘ovga itarilish joyida nazorat belgisi qo‘yiladi. U sezilarli 
bo‘lishi kerak. G‘ov ortidagi “qo‘nish” joyiga ham, zarur bo‘lsa, 
birinchi qadam o‘rniga ham belgi qo‘yib chiqish mumkin. 

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin