205
D.Keter (1996-yil, 8.07,12), R.Kosgey (2000-yil, 8.21,43), E.Kemboi
(2004-yil, 8.05,81) kabilar qayd qilingan. Dastlabki 8
minutlik
to‘siqlarni oshib o‘tishni birinchi marta B.Barmasay (Keniya)
1997-yilda uddalagan (7.55,72). Hozirgi vaqtda dunyo rekordi (2004-
yil 1 – noyabr sanasida o‘rnatilgan) S.Shaxin (Katar) 7.53,63 (Bryussel
shahri, 2004-yil) hisobiga yozilgan, Yevropa miqyosidagi rekord esa –
J.Maxmudu (Fransiya) 8.07,62 (Bryussel shahri, 1984-yil) tomonidan
qayd qilingan.
XX asrning so‘nggi-yillari davomida 3000 metr masofaga to‘siqlar
osha yugurish bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi musobaqalar amalga
oshirila boshlangan. Biroq, bunda qayd qilingan natijalar anchagina
pastligi sababli ayollar o‘rtasida 3000 metrga to‘siqlar
osha yugurish
musobaqalari Olimpia o‘yinlari, Dunyo chempionati va Yevropa
chempionati musobaqalari dasturi tarkibiga kiritilmagan.
2008-yil olimpiada o‘yinlari dasturiga to‘siqlar osha yugurish
bo‘yicha musobaqalar kiritilgan va o‘sha-yili dunyo rekordini
rossiyalik Gulnara Samitova – Galkin o‘rnatdi.
Hozirgi vaqtda to‘siqlar osha yugurish bo‘yicha erkaklar o‘rtasida
dunyo rekordi 3000 metr masofada qatarlik Saif
Shaxinga tegishli
bo‘lib, 2004-yil, 7:53,63s natija qayd etgan bo‘lsa, ayollar o‘rtasida
dunyo rekordi 3000 metr masofada rossiyalik Gulnara Samitova -
Galkin 2008-yil, 8:58,81s natijani qayd etgan.
Dostları ilə paylaş: