189
- g‘ov osha qadam uzunligi;
- g‘ovdan (plankaning yuqorigi qirrasi) “eng uzoqdagi qism mas-
sasining markazi – siltanuvchi oyoq kaftigacha (gorizontal bo‘y lab)
bo‘lgan masofa.
Burchak o‘lchamlari:
- g‘ovga hujum paytida gavdaning og‘ish burchagi;
- g‘ov ustidagi holatda gavdaning vertikalga nisbatan og‘ish bur-
cha gi. Bu ko‘rsatkichlar g‘ovlarni oshib o‘tish
va ular orasida yugurish
samaradorligi uchun nihoyatda muhim bo‘lganligi sababli g‘ovchilarni
tayyorlash jarayonida aynan ularga katta e’tiborni qaratish zarur.
Metodologiya nuqtai nazaridan buni shunday ifodalash mumkin:
1.
G‘ov osha qo‘yiladigan qadam optimal darajada qisqa bo‘lishi
kerak.
2.
Siltanuvchi oyoq harakatining faolligi. Harakatlar juda tez
bajariladi, oyoq tizza bo‘g‘imida imkon qadar rostlanishi, boldir
tizzadan oldinga o‘tib ketmay, balki uning ortidan borishi lozim.
3.
G‘ovga itarilish vaqtida gavdaning egilishi. G‘ovga
tez va faol
hujumni ta’minlash uchun egilish darajasi sprinterlik yugurishiga
nisbatan kuchliroq bo‘lishi kerak.
- OMO‘ trayektoriyasi. Uning eng yuqoridagi nuqtasi albatta
g‘ovga etishi zarur – bu g‘ov osha qo‘yiladagan qadamning optimal
ravishda bajarilishini hamda g‘ovlar osha
yugurish samaradorligini
ta’minlaydi.
- siltanuvchi oyoqni tizza bo‘g‘imida imkon qadar rostlash. Bu,
albatta, g‘ovga qadar bajarilishi, keyin esa oyoq faollik bilan to‘xtab
qolmay, g‘ov ortiga tusha boshlashi lozim.
-
g‘ov ustidan oshib o‘tib erga “qo‘nish” vaqtida gavdaning
egilishi. G‘ovlar orasida kuch bilan yugurish uchun egilgan holatni
saqlab turish va gavdani rostlamaslik kerak.