Yengil atletika va uni


Kross yugurish texnikasini o‘rgatish uslubiyati



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/327
tarix03.12.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#171925
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   327
admin, Енгил атлетика дарслик

5.2. Kross yugurish texnikasini o‘rgatish uslubiyati
Kross yugurish texnikasini o‘rgatishda stadiondan tashqarida 
bo‘lgan har xil sharoitdagi joylarda o‘rgatish yaxshi natija beradi, 
ayniqsa, bog‘larda, dehqonchilik ekinlari maydonlari yonlarida hamda 
transport vositalari kam qatnaydigan yo‘llarning chetlarida va katta 


152
suv kanallarining yonlarida o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.
1-vazifa.
Kross yugurish bilan tanishtirish.
Vositalari:
1. To‘siqlardan o‘tish texnikasini ko‘rsatish, kinogramma va kino-
film larni ko‘rsatish.
2. Yugurishni qisqacha tarixi, O‘zbekiston, Osiyo, Jahon rekordlari 
va chempionlar bilan tanishtirish. 
3. Klassifikatsiya bo‘yicha talab va me’yorlari bilan tanishtirish. 
Uslubiy ko‘rsatmalar.
Yuqori malakali sportchi va o‘qituvchi 
tomonidan texnikani ko‘rsatish. Talabalarga uyga vazifalar berish. 
Kross yugurish texnikasini o‘rgatish uslubiyatini daftarga yozib kelish.
2-vazifa.
Gorizontal to‘siqlardan o‘tish texnikasini o‘rgatish.
Vositalari:
1. Gorizontal to‘siqlardan o‘tish texnikasini tushuntirish. 
2. Yugurib kelib uzunlikka sakrash joyiga sakrab tushish va yugu-
rishni davom ettirish. 
3. Yugurib kelib ko‘lmak joylardan va gorizontal to‘siqlardan 
o‘tish. 
4. Shuning o‘zi faqat har xil masofalardagi bir nechta to‘siqlardan 
yugu rib o‘tish. 
Uslubiy ko‘rsatmalar.
Avval yakka holda, so‘ng juft va guruh-
guruh bo‘lib to‘siqlardan o‘tish.
3-vazifa. 
Vertikal to‘siqlardan o‘tib yugurish texnikasini o‘rgatish.
Vositalari:
1. Vertikal to‘siqlardan o‘tishni tayangan va tayanmagan holda 
o‘tish usulini tushuntirish. 
2. Qisqa masofadan yugurib kelib qo‘l va oyoqlarga tayangan hol-
da o‘tish. 
3. To‘siqlarni bosib o‘tishda, to‘siqlar osha yuguruvchilarning qo‘l 
harakati va oyoq qadamlari bilan o‘rgatish.

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin