118
chekkasiga qo‘yiladi,va vertikal holat lahzasigacha butun oyoq kaftiga
tushiladi. Oyoq kaftlari bir-biriga parallel tarzda bir kaft kengligida
qo‘yiladi, oyoqning bosh barmog‘i oldinga qaratilgan, oyoq kaftlarini
tashqariga burish mumkin emas.Yuguruvchi oyoq kaftini zarb
bilan emas,
balki mushuk singari, yumshoq qo‘yishi kerak. Oyoq
kaftini yerga qo‘yish paytida tizza bo‘g‘imi bir oz bukilgan bo‘ladi.
Oyoqni erga qo‘yish uzunligi yugurish tezligiga bog‘liq: yugurish
tezligi qancha yuqori bo‘lsa, oyoq UOM proeksiyasidan shuncha
uzoqroqqa qo‘yiladi. Vertikal lahzasigacha, amortizatsiya fazasida
oyoq tizza va tos-son bo‘g‘imlaridan ko‘proq bukiladi. UOMning
bir oz kamayishi kuzatiladi. Bu harakatni prujina bilan solishtirish
mumkin, ya’ni prujina yengilgina siqiladi va keyin teskari samara –
egiluvchan deformasiya samarasi olinadi. Yuguruvchining
hissiyotlari
– u o‘zini siqilishga qarshilik ko‘rsatayotgan va, qarshilik qila turib,
tanani tayanchdan itarayotgan prujina deb tasavvur qilishi kerak.
Vertikal o‘tib bo‘lingandan so‘ng oyoqning avval tos-son, keyin tizza
bo‘g‘imlaridan faol tekislanishi sodir bo‘ladi va shundan keyingina
oyoq kafti boldirkaft bo‘g‘imidan bukiladi.
Depsinish lahzasi yugurish texnikasida eng asosiy element sanaladi,
chunki yugurish tezligi kuchlanishlar shiddatiga va depsinish burcha gi-
ga bog‘liq, depsinish burchagi qancha o‘tkirroq bo‘lsa, depsinish shid-
dati harakat yo‘nalishiga shuncha yaqin keladi va tezlik shuncha yuqo-
ri bo‘ladi. O‘rta masofalarga yugurishda depsinish burchagi taxminan
50-55
o
ga teng, ancha uzoqroq masofalarda u birmuncha ortadi.
Depsinish
oldinga yo‘naltirilgan bo‘lishi va gavda egilishiga mos kelishi kerak.
Yugurishda gavdaning egilishi 2-3
o
atrofida o‘zgarib turadi, depsinish
lahzasidaoshadi va uchish fazasida kamayadi. Boshning holati ham
gavda holatiga ta’sir qiladi: bosh ortiqcha oldinga egiltirib yuborilsa,
bu gavdaning haddan ortiq egilib ketishiga, ko‘krak va qorin pressi
mushaklarining qisilishiga olib kelaid;
boshni orqaga egib yuborish
esa elkaning orqaga og‘ib ketishiga, depsinish samaradorligining
pasayishiga va orqa mushagining qisilishiga sabab bo‘ladi. Bo‘sh
oyoqning oldinga-yuqoriga yo‘naltirilgan silkinishi faol depsinishga
yordam beradi, u depsinishning oxirgi lahzasida tugaydi. Oyoq yerdan
uzilgandan so‘ng tizza bo‘g‘imidan bukiladi, son vertikalga nisbatan
119
oldinga harakatlanadi, boldir tayanchga deyarli parallel tarzda turadi.
Orqa qadam fazasida qadam tashlaydigan oyoqning tizza bo‘g‘imidagi
bukilish burchagi individual xususiyatlarga
va yugurish tezligiga
bog‘liq: yugurish tezligi qancha yuqori bo‘lsa, oyoq tizza bo‘g‘imidan
shuncha ko‘proq bukiladi. Bu fazada depsinishda qatnashayotgan
mushaklar bo‘shashtirilgan bo‘ladi. Vertikal lahzasidan keyin qadam
tashlaydigan oyoq soni oldingayuqoriga harakatlanadi. Depsinadigan
oyoq to‘liq tekislangan paytda qadam tashlaydigan oyoq boldiri uning
soniga parallel tarzda bo‘ladi. Sonlar faol birlashtirilgan lahzadan
so‘ng (uchish fazasi) oldinda turgan oyoq pastga tusha boshlaydi,
uning boldiri oldinga chiqariladi va oyoqni erga qo‘yish oyoq kaftining
oldingi qismidan boshlab amalga oshiriladi. Orqada
turgan oyoq
UOMning oyoq qo‘yiladigan joyga tez yaqinlashishga yordam bergan
holda, shu orqali tormozlanish kuchini kamaytirgan holda faol oldinga
chiqariladi. SHuni yodda saqlash lozimki, oyoqni o‘tkazish vaqtida
uni tizza bo‘g‘imidan bukish tebrangich uzunligini kamaytirishga
(oyoq – bu murakkab tarkibli tebrangich) va oyoqni o‘tkazish davrini
qisqartirishga yordam beradi (11-rasm).
Dostları ilə paylaş: