1. «Jarayonlar va qurilmalar» fanining mazmuni



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/74
tarix03.12.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#171975
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   74
1. «Jarayonlar va qurilmalar» fanining mazmuni

issiqlik tashuvchilar
deb ataladi. Issiqlik o‘tkazish jarayonlari (

isitish, 

sovitish, 

bug‘larni kondenslash, 

bug‘latish) kimyo sanoatida keng tarqalgan.
Issiqlik tarqalishining uchta prinsipial turi bor:

issiqlik o‘tkazuvchanlik,

konveksiya va

issiqlikning nurlanishi. 
Bir-biriga tegib turgan kichik zarrachalarning xarakati natijasida yuz beradigan issiqlikning 
o‘tishi 

issiqlik o‘tkazuvchanlik
deyiladi 
(yoki konduksiya)
. Gaz va tomchili suyuqliklarda 

molekulalarning xarakati natijasida yoki kattiq jismlarda kristall panjaradagi 

atomlarning 
tebranishi ta’sirida yoxud metallarda 

erkin elektronlarning diffuziyasi oqibatida issiqlik 
o‘tkazuvchanlik jarayoni sodir bo‘ladi. Qattiq jismlarda va gaz yoki suyuqliklarning katlamlarida 
issiqlik asosan issiqlik o‘tkazuvchanlik issiqlik tarqalish prinsipi asosida tarqaladi. 
Gaz yoki suyuqliklarda 

makroskopik xajmlarning xarakati va ularni 

aralashtirish 
natijasida yuz beradigan issiqlikning tarqalishi 

konveksiya
deb ataladi.
Konveksiya ikki xil 1.Erkin. 2.Majburiy bo‘ladi.
Gaz yoki suyuqlik ayrim qismlaridagi zichlikning farqi natijasida xosil bo‘ladigan issiqlikning 
almashinishi ~tabiiy yoki ~erkin konveksiya deyiladi.
Tashqi kuchlar ta’siridagi jarayonni ~majburiy konveksiya deyiladi. 
(M:suyuqliklarni 
nasoslar yordamida o‘zatish yoki ularni mexanik almashtirgichlar bilan aralashtirish paytida)
Issiqlik energiyasining elektr magnit to‘lqin yordamida tarqalishi 

issiqlikning nurlanishi
deb yuritiladi. Xar qanday jism o‘zidan energiyani nurlatish qobiliyatiga ega. Nurlangan energiya 
boshqa jismga yutiladi va qaytadan issiqlikka aylanadi. Natijada nur bilan issiqlik almashinish 
jarayoni sodir bo‘lib, u o‘z navbatida 

nur chiqarish va

nur yutish jarayonlaridan tashkil 
topadi. 
Xaqiqiy sharoitlarda issiqlik almashinish aloxida olingan biror usul bilan emas, balki bir necha 
usullar yordamida yuzaga keladi, ya’ni murakkab issiqlik o‘tkazish jarayonlari amalga oshiriladi. 
Qurilmalarning ishlash rejimiga ko‘ra jarayonlar ikki xil: 

turg‘un va

noturg‘un bo‘ladi.
Uzuliksiz ishlaydigan qurilmalarning turli nuqtalaridagi xarorat vaqt davomida o‘zgarmaydi, 
bunday qurilmalarda ketayotgan jarayon 

turg‘un
bo‘ladi. Davriy ishlaydigan issiqlik 
almashinish qurilmalarida xarorat vaqt davomida o‘zgaradi. Bunday qurilmalarda ketadigan 
jarayon 


Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin